Dastlab viloyat rahbari Namangan viloyati iqtisodiyotining ilg‘or sohalari, viloyatga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hamda tashkil etilgan xorijiy korxonalar, kichik biznes va tadbirkorlikning Namangan viloyati iqtisodiyotida tutgan o‘rni va roli, mahalliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, viloyatning turizm salohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

3-sentabr kuni erta tongdan boshlangan "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni Namanganda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, 4500 mingdan ziyod ishtirokchilar Namangan shahridagi “Grand Sherdor” mehmonxonasi oldidan "Uch favvora" hiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-avgustdagi farmoyishiga koʻra, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan biznes vakillaridan bir guruhi “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular safida yetti nafar namanganlik tadbirkorlar ham bor.

Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston - yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxona markazida Lee Kang Hak boshchiligidagi Janubiy Koreyaning Kyongsan shahri delegatsiyasi aʼzolari bilan IT-Park rezidentlari hamda viloyatdagi dasturchi- frilanserlar oʻrtasida viloyatning IT-sohasi salohiyati va istiqbollari, shuningdek, IT-sohasida oʻzaro tajribalar almashinuviga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Kyongsan shahri sanoati mashina detallari, qurilish, raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan boʻlib, bu borada yuqori natijalar qayd etilmoqda.

Namangan viloyati hokimi dunyoning yirik elektron-onlayn savdo giganti Xitoyning Alibaba korporatsiyasi vitse-prezidenti Kris Chjou boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.