Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda Finlyandiyaning Markaziy Osiyo davlatlaridagi elchisi Mariya Elina Liivala viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida martabali mehmonlar viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov bilan uchrashdi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 16 sentyabr kuni viloyatdagi Nestlé kompaniyasining suv qadoqlash va sutni qayta ishlash korxonalarini sotib olgan Fransiyaning Lactalis kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 16 sentyabr kuni quvaytlik yirik ishbilarmonlardan iborat investorlar guruhini qabul qildi. Uchrashuvda arab davlati ishbilarmonlari tomonidan viloyatning YAngiqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kartoshkadan chipslar va snkslar ishlab chiqarish loyihasi yuzasidan so‘z bordi.

Viloyatimizda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi doirasida 14 sentyabr kuni Namangan davlat universitetida Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan qo‘shma tibbiyot fakultetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

13 sentyabr kuni Namangan viloyatida yirik xalqaro anjuman – “XXI asrda tibbiyot va farmatsevtikani rivojlantirishda investitsiya va innovatsiyalarning roli” mavzuidagi Xalqaro tibbiyot va farmatsevtika forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Kosonsoy tumani, “Gulobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Nuriddinov 2018 yilning 11 dekabr kuni Isparon massivida joylashgan dala shiyponida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan. Unga nisbatan, ma’muriy jazo qo‘llanib, sud tomonidan jarima jazosi qo‘llanilgan. Biroq, fuqaro ushbu harakatidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ko‘rinadi. Bo‘lmasa, yana u aynan ushbu dala shiyponida elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalanarmidi?

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 11 sentyabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech