Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni ijrosini viloyatda samarali tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

Xalqimizda “Savob ishni xar kuni, har doim qilish kerak” degan purma’no naql bor. Bugun ochiq tan olish kerak oramizda shunday odamlar borki, ularga har qancha yaxshilik qilsang kam. Ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlarini kuzatar ekanmiz kun ora falonchi kam ta’minlangan oilaga yordam qo‘lini cho‘zibdi, falonchi boquvchisini yo‘qotgan xonadonni uyini ta’mirlab beribdi va hakazo. Mana shunday saxovatpesha xalqimiz bor hech bir oila mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Gollandiyaning “Elsevier” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Ilm-fan 2020” milliy dasturi loyihasida “CiteScore” yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarga xalqaro standart talablari asosida maqola yozish” mavzuida o‘tkazilgan ilmiy amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining 2019 yil 25 oktyabrdagi buyrug‘i bilan Abdullayev Akmaljon Mahmudovich Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida Jumaboev Dilmurod Xasanbaevich Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Namangan viloyati parrandachilik sektoriga investitsiyalar kiritish istiqbollarini o‘rganish uchun tashrif buyurgan Singapurning Haebara Singapore Pte Ltd kompaniyasi ijrochi direktori Yarn Xa 25 oktyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan qabul qilindi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 25 oktyabr kuni Jahon bankining «Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech