Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonning obod qishloqlari” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirishda Sotsial-ekologik muhofazasini boshqarish va ko‘chirish siyosati bo‘yicha ishlab chiqilgan model jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmoqda.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Charm to‘p-2019” Respublika turnirining 13-14 yoshlilar orasidagi bosqichida Yangiqo‘rg‘on vakillaridan tarkib topgan Namangan jamoasi musobaqa g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi bayrami hamda 2019-2020-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan shahar va tuman dehqon bozorlari hududida arzonlashtirilgan “Daladan dasturxongacha” shiori ostida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat hamda maktab o‘quv qurollari savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasida «O‘ZDAVKARANTIN» inspeksiyasi va «O‘ZSTANDART» agentligi bilan hamkorlikda viloyatimizdagi tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlar uchun seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 29 fevral – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida Namangan viloyatida “Obod markaz” dasturi ishlab chiqilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq joriy yil 1 avgustdan boshlab quyidagi imtiyozlar belgilandi:

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga tadbiq etilayotgan “Obod markaz” dasturi doirasida Namangan viloyati tumanlari markazlaridan yana biri - Popda belgilangan ishlar yakunlanib, tuman markazidagi 33 ta ijtimoiy ob’ekt bugun foydalanishga topshirildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech