Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan qishloq xo‘jaligida klasterlar tashkil etilgani, bu sohaga yangicha yondashuv hamda zamonaviy texnologiyalarni olib keldi.

Viloyatimiz bo‘ylab bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar bilan tanishish jarayonida tuman tajribasi sifatida “Obod va xavfsiz mahalla” loyihasi bo‘yicha Kuymozor MFY hududida olib borilayotgan ishlarni borib ko‘rdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan asalchilik tarmog‘ini rivojlantirishga e’tibor qaratilib, bu yil ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgani, bu sohaning istiqbolining yanada rivojlanishiga yo‘l ochadi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat olib borayotgan “Dilrabo SDA Textil” korxonasi rahbari Ma’suda opa Sodiqova kabi jonkuyar tadbirkorlar tufayli Namangan viloyati sanoati yil sayin yuksalib bormoqda. Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida ham korxona karantin qoidalariga amal qilgan holda, to‘la quvvatda ish olib bormoqda. 100 foiz mahsuloti Rossiyaning turli shaharlariga eksport qilinmoqda. Bu bir oyda o‘rtacha 600-700 ming dollarlik 1-12 yosh bolalarga mo‘ljallangan kiyim-kechaklarni tashkil etmoqda.

Ma’lumki, sud buyrug‘iga asosan farzandlar moddiy ta’minoti uchun aliment mablag‘larini to‘lab borilishi muhim masala. Ayni paytda karantinli davrda ham Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Bu kunlar - sabr va iymon sinovi

Kunlar o‘tgani sayin qalblarimizga bir ajib yorug‘lik va taskin inmoqda, chunki muborak Ramazon oyi yaqin. U - ochlik, tashnalik, nafsni tiyish bilan Alloh taologa qurbat, taqvo hosil qilinadigan buyuk oy. Alloh taolo bandalari uchun har ikki dunyo saodatini ko‘zlab, bu ibodatni islomning ulug‘ farzlari qatoriga qo‘shgan.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech