Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF 6262 -son Farmoni va PQ- 5185 son qaroriga asosan “Namangan Agrokimyohimoya” XAJni tugatish masalasida navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 26-fevral kuni (Namangan shahar, Sanoatchi koʻchasi, 20-uy) da soat 10-00 da oʻtkazilishi belgilandi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumanida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
«Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish sohasida Namanganda katta salohiyat bor. Mahalliy dasturchilarimiz tashqi bozorga chiqib, xizmatlar eksportini amalga oshirishmoqda. Ular ortidan borayotgan yoshlar koʻp. Biz shu imkoniyatlarni birlashtirish yoʻlida yanada katta natijalarni qayd etishimiz lozim», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov etakchi AyTi kompaniya rahbarlari, dasturchi-frilanserlar bilan ochiq muloqot qildi.
«Mukammal ilm, kreativ gʻoya, til va raqamli texnologiyalarni puxta egallash har bir farzand uchun eng birinchi zaruriyatdir. Buning uchun etarli sharoit yaratilmoqda. Bosqichma bosqich barcha maktabga etib boramiz», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ochilish marosimida ishtirok etdi.