Umumiy bo’lim faoliyatini tashkil etadi va bo’limga rahbarlik qiladi. Keluvchi va chiquvchi xujjatlarni ko’rib chiqib, ular yuzasidan hokimning topshiriqlarini tayyorlaydi.

Hokimlik apparati umumiy bo’lim qadrlarini tanlash va joy-joyiga qo’yishda ishtirok etadi. Hokimlik apparatiga ishga qabul qilingan xodimlarni hokimlik tuzilmasi, ish yuritish yo’riqnomasi va ijroni nazorat qilish va tekshirish bo’yicha asosiy qoidalar, ichki mehnat tartibi qoidalari va hokimlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlar bilan tanishtiradi.

Viloyat hokimligida ish yuritish, xujjatlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish va taqsimlashni tashkil etadi. Viloyat hokimligida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida xujjatlar bilan ishlash tartibi (1994 yil), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi 12-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ xujjatlarini tasdiqlash haqidagi» 140-sonli qarori hamda viloyat hokimligida ish yuritish tartibi asosida ish yuritish qo’llanmasi tavsiya va yo’riqnomalari bilan ta’minlaydi.

Viloyat hokimi apparati arxivining ish faoliyatini nazorat qilib boradi. Kotibiyatlar va guruhlar tomonidan xujjatlar nomenklaturasiga amal qilishini o’rganib boradi va amaliy yordam beradi.

Viloyat hokimligi kotibiyatlari va guruhlari bilan ish yuritish yuzasidan munosabat yuritadi. Shahar va tumanlar hokimliklarida ish yuritish ahvolini o’rganadi va amaliy yordam ko’rsatadi. Nazoratdagi xujjatlar tahlilini muntazam yuritadi va rahbariyatga muntazam axborot beradi. Umumiy bo’lim xodimlarini ish qurollari va jihozlar bilan ta’minlaydi.

Hokimlik soati yig’ilishi bayonnomasini tuzadi va bayonnomada ko’rsatilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. Har hafta apparat yig’ilishida muhokama qilish uchun xujjatlar aylanishi va ijro intizomi yuzasidan ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda hokim va Ishlar boshqaruvchisiga taqdim etadi.

Umumiy bo’lim mudiri viloyat hokimining tezkor topshiriqlarini ijrosini tashkil etadi, ish xonasida jihozlarning saqlanishini ta’minlaydi.

Viloyat hokimi qaror va farmoyishlari loyixalarining tayyorlanishini puxta tahlil qilinganligi hamda qonuniyligini tasdiqlab viloyat hokimi yuristi tomonidan imzolanganligi va belgilangan shaklda bosma ish kog’ozlarida yozilishini ko’rib chiqib, viloyat hokimiga imzoga olib kiradi, hokim imzosidan keyin rasmiylashtiradi va qaror, farmoyishni tayyorlagan bo’limdagi ma’sul ijrochi tomonidan jo’natish varaqasida ko’rsatilgan nusxa soniga ko’ra nusxa olishga ruxsat beradi hamda ijrochilarga yetkazilishini tashkil etadi va nazoratini olib boradi.    Xujjatlarning ijrosi bo’yicha tahlillarni oladi va ijro bo’yicha eslatmalar beradi.

Ishlar boshqaruvchisi va tashkiliy-nazorat guruhi bilan birgalikda hokim soati yig’ilishi kun tartibiga qo’yilayotgan masalalarni reja asosida belgilaydi, viloyat hokimining ko’rsatmasiga asosan o’tkazish kuniga aniqlik kiritib, telefonagramma matnini tayyorlaydi va hokim soati yig’ilishi xujjatlarini yig’ilishdan ikki kun oldin olib viloyat hokimiga taqdim etadi. Barcha ishlarni viloyat hokimi devoni Ishlar boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, hamkorlikda olib boradi va tashkil etadi.

Yuqori organlardan kelgan xujjatlarni muhimligi aniq muddatlari ko’rsatilgan xujjatlar hamda viloyat hokimining topshiriq ko’rsatmalariga qarab xujjatlarni nazoratga oladi va yo’riqnomada ko’rsatilgan tartibda «N» belgisini qo’yadi.

Shahar, tuman hokimligi va viloyat tashkilotlarida ish yuritish bo’linma xodimlariga (mudirlariga) amaliy yordam va seminarlar tashkil etadi. Hokim qarorlari va farmoyishlari hamda hokimlik devoniga kelgan xujjatlarni muqovalashga tayyorlaydi, to’liqligiga qarab muqovalashtirishni tashkil etadi va nazoratini olib boradi.

Umumiy bo’lim ma’sul xodimlari ish faoliyatini vazifalar taqsimoti bo’yicha muvofiqlashtiradi va faoliyatini tahlil etib boradi, tegishli taklif va xulosalarini rahbariyatga bildiradi.

Viloyat hokimining qaror, farmoyishlari, chiqish xujjatlari va yig’ilish bayonnomalarini ijrochi tomonidan berilgan jo’natish varaqasi asosida nusxa ko’paytirib olishga hamda arxiv xujjatlarini olish va foydalanishni tegishli soha bo’yicha hokim o’rinbosarining yozma ruxsati asosida xujjatlarning asl nusxasini takdim etishni faqat viloyat hokimining aniq ko’rsatmasiga ko’ra amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qaror, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish, topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi xujjatlarini shahar, tumanlarga domiy yuborilishini ta’minlaydi, xujjatni joylarga yetkazilishi haqida sohani muvofiqlashtiruvchi hokim o’rinbosariga ma’lumot beradi, nazorat rejalarni ishlab chiqilishi ustidan nazoratni olib boradi.

Hokim qarorlari va farmoyishlarini ro’yxatdan o’tkazadi va kompyuter dasturiga kiritilishiga va ijrochilarga yetib borishiga rahbarlik qiladi. Viloyat hokimi raisligida bo’lib o’tgan yig’ilishlar bayonnomalarini ro’yxatdan o’tkazadi va ularning saqlanishini ta’minlaydi.

 Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (34 KB)