Ma'lumki, bundan besh yil avval, 2017 yil 29 may kuni Prezidentimiz tomonidan kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, maishiy chiqindilar sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini to‘liq ta'minlash maqsadida Bosh prokuratura huzurida

Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi. Oradan qisqa vaqt o‘tib bu organ o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni mas'uliyat bilan ado etib, bugungi kunda asosiy yo‘nalish sifatida sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlari ijrosini ta'minlab kelmoqda. O‘tgan besh yillik tarixga nazar soladigan bo‘lsak, Majburiy ijro byurosi organlari keng jamoatchilikni e'tiborida bo‘ldi va bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, Tumanlararo, shahar va tumanlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan 250 nafarga yaqin tezkor xodimlar sud hamda boshqa organ hujjatlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta'minlashga yo‘lida sidqidil xizmat qilmoqda.  Asosiysi, Tumanlararo va shahar-tumanlar bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan davlat ijrochilarimiz faoliyati davomida sud va boshqa organlardan kelayotgan har bir hujjatlari ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratishmoqda.  Xususan, 2018-2021 yillar davomida qariyib 1 million dona hujjatlar tamomlandi. Byuro organlari faoliyati hamda ijro ishlarini yanada takomillashtirish  maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek  muhim farmonlar qabul qilinmoqda.

Birgina, 2020 yilning 24 noyabr' kuni Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda joriy yil 11 aprel' kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Aynan ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda bugungi kunda Byuro organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Farmonda belgilangan talablardan kelib chiqib, boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlarini  deputatlar, keng jamoatchilik uchun hisobotlari muntazam berib kelinmoqda.

Ma'lumki, aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta'minlash Byuro organlarining asosiy vazifalaridan birdir. Aynan shundan kelib chiqqan holda, alohida reja-tadbirlar ishlab chiqilgan. Masalan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini to‘liq ta'minlash, voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish maqsadida amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu boradagi ishlarni raqamlarga ko‘radigan bo‘lsak, 2019-2021 yillar davomida 2 793 ta oila yarashtirildi. Ish bilan band bo‘lmagan qarzdorlarning
5 868 nafarini ishga joylashtirishga ko‘maklashildi. Joriy etilgan yangi tizim doirasida 2021 yil va joriy yilning o‘tgan davrida
34,5 mlrd. so‘m aliment qarzdorlik undirilib, undiruvchilar uchun ochilgan bank plastik kartalariga yo‘naltirildi.

Shu o‘rinda alohida aytish mumkinki, yuqoridagi Farmonda
2020  yilning 1 dekabrdan boshlab 6 turdagi ijro hujjatlari bo‘yicha davlat foydasiga undiriladigan mablag‘lar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash uchun proporsional tartibda yo‘naltirilishi belgilangan edi. Birgina, tizim amaliyotga tadbiq etilgandan shu kunga qadar
39,1 mlrd. so‘m mablag‘ undirilib, proporsional tartibda teng ravishda daftarlarga  kiritilgan fuqarolarni qo‘llashga yo‘naltirildi.

Albatta, byuroning viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida jami 5 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 2 mingdan ortig‘i qanoatlantirilgan bo‘lsa, 2,5 mingga yaqin murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, sektorlar kesimida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 200 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, joyida hal qilish choralari ko‘rildi.  Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha
2 ming nafardan ortiq fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bilan birga sud hujjatlari asosida 4 mlrd. so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirishga erishilgan.

Bugun shuni mamuniyat bilan ta'kidlaymizki, Byuro organlarida mehnat qilayotgan xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Agar bundan 5 yil oldingi davrni eslasak aksariyat bo‘limlarimiz moslashtirilgan binolarda faoliyat olib borar edi. Mana qisqa vaqt ichida deyarli barcha bo‘limlarimiz, qolaversa boshqarma yangi, zamonaviy bino-inshootlarga ega bo‘ldi. Bu albatta Byuro organlariga bo‘layotgan e'tiborning yaqqol namunasidir.

Fursatdan foydalanib, Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 5 yilligi bilan barcha hamkasblarimizni muborakbod etamiz. Sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlari ijrosini ta'minlash yo‘lidagi ham mas'uliyatli, ham sharafli ishlariga omad tilaymiz.

Bekzod Mirzaahmedov

MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i