Chortoqda shu mavzuda Namangan IT-hamjamiyati vakillari, yoshlar va sohaga qiziquvchilar uchun viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Taʼkidlash joiz, tumanda so‘nggi ikki oyda IT-Park rezidentlari soni beshtaga oshdi. Sohaviy taʼlimdagi izchil ishlar natijasida dasturchi va frilanserlar salmog‘i oshib bormoqda. “Imkon” loyihasi qisqa kurslarida imkoniyati cheklangan yoshlarni masofadan o‘qitilayotgani, xotin-qizlar bandligi bo‘yicha frilansing faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida eʼtirof etish lozim.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmalari hamkorligida viloyatimizda non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar joyida oʻrganilib, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari, non mahsulotlari narhini sunʼiy oshirmaslik, birja savdolari orqali xarid qilgan un mahsulotlarini toʻliq ishlab chiqarib, savdo doʻkonlariga chiqarish, ajiotaj holatlari oldini olish boʻyicha ishlar tashkil etildi.
Dastlab viloyat rahbari Namangan viloyati iqtisodiyotining ilg‘or sohalari, viloyatga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hamda tashkil etilgan xorijiy korxonalar, kichik biznes va tadbirkorlikning Namangan viloyati iqtisodiyotida tutgan o‘rni va roli, mahalliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, viloyatning turizm salohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
3-sentabr kuni erta tongdan boshlangan "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni Namanganda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, 4500 mingdan ziyod ishtirokchilar Namangan shahridagi “GrandSherdor” mehmonxonasi oldidan "Uch favvora" hiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdilar.