Hakimov Anvarjon Botiraliyevich

Tug'ilgan vaqti va joyi: 27.04.1967, Namangan viloyati, Chortoq tumani

1991-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi olim-agronom.

MEHNAT FAOLIYATI 

1991-2002 yy. - Chortoq tumani «Oyqiron» shirkat xo‘jaligi bosh pudratchi yordamchisi, bosh pudratchi, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, bosh agronomi

2002-2003 yy. - Chortoq tumani Dehqonchilik sanoati firmasi bosh direktori

2003-2005 yy. - Chortoq tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

2005-2007 yy. - Chortoq tumani «Oyqiron» shirkat xo‘jaligi boshqaruvi raisi

2007-2007 yy. - Chortoq tumani «Oyqiron mirishkorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi muqobil mashina-traktor parki raisi

2007-2008 yy. - Chortoq tumani «Jo‘rabek-1» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi

2008-2013 yy. - Chortoq tumani O‘simliklarni himoya qilish otryadi boshlig‘i

2013-2017 yy. - Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining Agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2017-2017 yy. - Namangan viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

2017-2018 yy. - Namangan viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2018-2020 yy. - Namangan viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i

2020 y.  -  h.v. - Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko’rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko’paytirish;

urug’chilik va selektsiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;

qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalari;

gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi;

viloyat suv nazorat inspektsiyasi;

viloyat “Davsuvxo’jaliknazorat” inspektsiyasi;

don mahsulot korxonalari;

viloyat “Mashina traktor parklari birlashmasi” aktsiyadorlik jamiyati;

“O’zagrolizing” viloyat filiali”

“Hududiy paxtasanoat” AJ

“Davurug’nazoratmarkazi” viloyat bo’limi;

viloyat chorvachilikda naslchilik inspektsiyasi;

Davlat o’rmon xo’jaligi viloyat boshqarmasi;

viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;

“O’zdaverloyiha” viloyat filiali;

viloyat “Pilla” tashkiloti;

viloyat “G’o’za urug’chiligi” birlashmasi

“O’zagrokimyohimoya” AJ hududiy tashkiloti;

O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti viloyat filiali;

viloyat fermerlar kengashi;

viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;

viloyat veterinariya boshqarmasi;

Respublika “Sifat” markazi viloyat bo’limi;

mintaqaviy paxta terminallari;

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat bo’limi;

viloyat o’simliklar karantini davlat inspektsiyasi;

“O’zdavdoninspektsiyasi” viloyat bo’limi;

viloyat “Davtexnazorat” inspektsiyasi;

viloyatdagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, omuhta-em, yoqilg’i-moylash va mineral o’g’it shaxobchalari, “Agrotexservis MTP” MCHJ

barcha yo’nalishdagi fermer xo’jaliklari.

 

 

Arxiv