Chop etish

I. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlili.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan
«2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil 1-yarim yillik yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 15,1 foizga, qishloq xo’jaligi 6,1 foizga, kapital qo’yilmalar 24,1 foizga, qurilish ishlari 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,2 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 14,5 foizga o’sishi ta’minlandi.

Hisobot davrida YaHM dagi sanoatning ulushi 14,4 foizni (2014 yil 1-yarim yilligida 14,1%), qishloq xo’jaligi 13,6 foizni (14,8%), qurilish 9,4 foizni (9,6%), transport va aloqa 14,3 foizni (14,2%), savdo va umumiy ovqatlanish 11,2 foizni (11,3%) va boshqalar 37,1 foizni (36,0%) tashkil etgan.

Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 66,9 foizga (66,6%) va xizmatlar ulushi 57,5 foizga to’g’ri kelgan (1-jadval).

1-jadval

Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari solishtirma tahlili 

Ko’rsatkichlar nomi

O’lchov birligi

2014 yil yanvar-iyun

2015 yil yanvar-iyun

xajm

2013 yil.
6 oyga
nisbatan
%da

xajm

2014 yil.
6 oyga
nisbatan
% da

1

Sanoat ishlab
chiqarish

mlrd.so’m

943,1

113,0

1 110,6

115,1

2

XIM ishlab chiqarish
hajmi

mlrd.so’m

573,3

113,6

684,7

116,9

3

 Qishloq xo’jalik
yalpi mahsuloti

mlrd.so’m

1 028,0

107,6

1 123,0

106,1

4

Kapital quyilmalar

mlrd.so’m

658,3

128,5

918,0

124,1

5

Pudrat ishlari

mlrd.so’m

439,4

105,7

505,8

110,9

6

Chakana savdo

mlrd.so’m

1 607,4

113,6

1 861,8

113,2

7

Pullik  xizmat

mlrd.so’m

615,2

116,1

757,4

114,5

8

Eksport

mln.AQSHdoll

72 083,6

104,6

84 296,2

156,1

9

Import

mln.AQSHdoll

76 333,9

102,9

85 885,0

90,9

 

  II. Sanoat.

Viloyatda 2015 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan 3200 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 1110,6 mlrd.so’mlik (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 115,1%) sanoat mahsulotlari, 684,7 mlrd.so’mlik (116,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,3% va 114,0%) parametrlari to’liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 13,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 25,2 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (39,9 %) va oziq-ovqat sanoati (26,0 %) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini hududlar bo’yicha ko’rilganda, Yangiqo’rg’on (155,1%), To’raqo’rg’on (133,7%), Chortoq (126,1%) va Uychi (120,9%) tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari o’sish tendentsiyasi 120,9 foizdan 155,1 foizgacha, Namangan tumani (119,0%), Namangan shahri (115,8%) va Kosonsoy tumanida (114,4%) o’rtacha o’sish tendentsiyasi kuzatildi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 433,1 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 267,0 ming so’mni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 76,1 ming so’m va 34,1 ming so’mga ko’p yoki 121,3 foiz va 114,6 foizga o’sishiga erishildi.

Umuman olganda, so’nggi yillarda viloyatda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida olib borilayotgan isloxatlar natijasida, yaratilayotgan YaHM tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi va ahamiyati ortib bormoqda
(1-diagramma). 

1-diagramma. Namangan viloyatida YaHM tarkibida sanoat mahsulotlari ulushining o’zgarish dinamikasi.

 

III. Belgilangan maqsadli Dasturlar ijrosi.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2015 yil davomida 3181,7 mlrd.so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 1552 ta loyihalarni (sanoat sohasida 298 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 795 ta, qishloq xo’jaligi sohasida
459 ta) ishga tushirib, 14007 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

Shundan, 1-yarim yillik davomida 787 ta loyihalarni (sanoat sohasida 86 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 458 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 243 ta) amalga oshirish, 3634 ta ish o’rinlarini yaratish va 78,6 mlrd so’m mablag’larni o’zlashtirilish belgilangan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga 922 ta loyihalar (rejaga nisbatan 117,2%) amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 110,0 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 74,8 mlrd so’mi tashabbus-korlarning o’z mablag’lari, 35,2 mlrd so’mi bank kreditlari) sarflandi. Natijada 4750 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

Jumladan, Sanoat sohasida 164 ta loyihalar (190,7%), shundan, kimyo sanoatida 1,9 mlrd so’mlik 12 ta loyiha (101 ta ish o’rni), yengil sanoat yo’nalishida 8,4 mlrd.so’mlik 54 ta loyiha (573 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 14,1 mlrd.so’mlik 38 ta loyiha (304 ta ish o’rni), qurilish materiallari sanoatida 14,1 mlrd.so’mlik 44 ta (534 ta ish o’rni), charmpoyabzali yo’nalishida 0,7 mlrd.so’mlik 7 ta (51 ta ish o’rni), mebel va qog’ozni qayta ishlash sohasida 0,9 mlrd.so’mlik 4 ta (51 ta ish o’rni) loyihalar amalga oshirildi. Ushbu loyihalarga 41,2 mlrd so’m mablag’lar (shundan, 14,4 mlrd so’mi tashabbuskor mablag’lari va 21,8 mlrd so’mi bank krediti) yo’naltirilib, 1714 ta ish o’rinlari yaratildi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 39,8 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 493 ta (107,6%), jumladan, 264 ta savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 2 ta aloqa va axborotlashtirish, 4 ta kompyuter dasturlashtirish xizmati, 25 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 136 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 8 ta moliya xizmati, 20 ta sog’liqni saqlash xizmati, 1 ta turizm xizmati, 1 ta transport xizmati, 1 ta qishloq xo’jaligi sohasidagi xizmati va boshqa 31 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 1541 ta ish o’rinlari yaratildi.

Qishloq ho’jaligi sohasida 29,0 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 265 ta (109,1%) loyihalar amalga oshirildi. Natijada 1495 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi. Jumladan, 57 ta qoramolchilik, 16 ta parrandachilik, 33 ta baliqchilik, 70 ta asalarichilik xo’jaliklari tashkil etilib, 6 ta issiqxona, 72 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar hamda 11 ta fermer xo’jaliklari tomonidan yangi tokzorlar barpo etildi (2-jadval).

2-jadval

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi"ning 2015 yil 1-yarim yillikdagi ijrosi to’g’risida 

Sohalar nomi

Loyihalar
soni

Talab etiladigan mablag’, (mln. so’m)

Sarf etilgan mablag’,

(mln. so’m)

Ish o’rni,
(nafar)

jami

shundan

jami

shundan

reja

amalda

o’z
mablag’i

bank krediti

o’z
mablag’i

bank krediti

reja

amalda

1

Sanoat sohasi

86

164

10884

7073

3811

41231

19401

21830

785

1714

2

Xizmat ko’rsatish sohasi

458

493

40028

33738

6290

39829

35879

3950

1457

1541

3

Qishloq xo’jaligi sohasi

243

265

27661

17673

9988

28982

19541

9441

1392

1495

Viloyat bo’yicha

787

922

78573

58484

20089

110042

74821

35221

3634

4750

 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qarorini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015 yil 17 fevraldagi 64-sonli qarori qabul qilinib, dasturga asosan 2015 yilda jami 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 15 ta loyihasi bo’yicha 16,2 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida 1-yarim yillik davomida 4,4 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 5,2 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 3,7 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi.

Shu davrda iqtisod qilingan valyuta miqdori 1503,3 ming dollarni tashkil etib, Dastur asosida 33 ta yangi ish o’rinlari tashkil etishga erishildi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda;

Namangan shahridagi “AUTO PLAST PART” MCHJda 93,4 ming komplekt avtomobil ehtiyot qismlari, “Nam lider lityo servis” MCHJda 350 dona 2 komforli plita pechlar, 26 dona lyuk qopqoqlari, 4043 dona non qoliplari va “Namangan rezina plast” SHKda 6,3 ming kv.m konveer lentalari, Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy to’qimachi” MCHJda 17,6 ming p.m. bayka mato, 20,8 ming p.m odeyal mato, 81,3 tonna sintetik trikotaj ip mahsulotlari, Namangan tumanidagi “China Namangan Indastriy” MCHJda 67,5 tonna elektrod mahsulotlari hamda Uychi tumanidagi “Extra Primer Bat” MCHJda 1735 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-iyun oylariga belgilangan prognoz topshiriqlari to’liq bajarildi.