Kosonsoy tumani hokimi
Kadirov Dilmurod Gafurovich (batafsil)
Qabul kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha
tel: (0-369) 65-21-210, 65-24-044
Manzil: 160300, Namangan viloyati, Kosonsoy shahri, A.Navoiy ko'chasi 7-uy
E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Veb-manzil: www.kosonsoy.uz
Kosonsoy tumani hududida kơplab arxeologik yodgorliklar mavjud bơlib, ular turli tarixiy davrlarga tegishli tepaliklar majmuini tashkil etadi. Bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan "Muģqal'a" yodgorligidan tashqarii Tergachi qishloģida "Noģortepa", Gơrmiron qishloģida Eski qabriston, Ravot qishloģida "Navjartepa", "Dukortepa" kabi tepalar ơtmishning guvohi bơlgan va xalqimizning uzoq kơhna tarixidan xikoya qiluvchi arxeologik yodgorliklar hisoblanadi. Kosonsoy Respublikamizning eng xushmanzara gơshalaridan bơlgani uchun xalqning dam olishi, hordiq chiqarishiga alohida e'tibor beriladi. Tumandagi "Kosonsoy", "Obi xayot", "Faxriylar" sihatgohlari kabi ơnlab oromgohlarda har yili davlatimizning turli hududlaridan minglab hamyurtlarimiz hordiq chiqarib, dardlariga darmon topmokdalar; "Kosonsoy" ma'danli shifobaxsh suvi, ayniqsa, ularga asqotmoqda. Bu ơrinda mamlakatimizning turli dam olish oromgohlari orasida ơzining inson dardiga shifo beruvchi, toza havosi, sơlim tabiati va turli tuman shifobaxsh davolash usullari bilan ma'lum va mashhur bơlgan "Kosonsoy" sanatoriyasida Respublikamiz mehnatkashlarining eng sevimli sihatgohiga aylangan. Kosonsoy tumani ơzining buyuk allomalari bilan bashariyat tamadduni rivojiga kata hissa qơshgan. Xususan, tumanning turli hududlarida tavallud topgan juda kơp diniy va dunyoviy allomalar, davlat arboblari hamda mashhur kishilar yetishib chiqqan. Abdulloh Abdulhamid Sa'dning "Ơrta Osiyo olimlari" qomusi kitobida kơhna Kosondan X-XVI asrlarda yetishib chiqqan ơn bitta kosoniy taxallusli fiqx donishmandlari, muhandis hamda adabiyotshunos olimlar zikr etilgan. Jumladan, mashhur hadisshunos Ahmad Sulaymon ibn Nasr, Muhammad al-Kosoniy, fiqx donishmandi, qorilik san'ati islom dunyosi ulamolaridan Abu Bakr al-Kosoniy va boshqa kơplab kosoniy olim va ulamolar ơtmish Sharq xalqlari ma'naviyati, ma'rifati va tarixida juda muhim mavqega ega bơlganlar. Tumanda juda kơplab tarixiy yodgorliklari va muqaddas qadamjolari, me'morlik obidalari va ziyoratgohlari mavjud bơlib,vodiydagi eng mashhur yodgorliklardan bơlgan, XVIII asrda bunyod qilingan "Jome' masjidi", eski Koson shahri ơrnidagi Muģqal'a xarobalari yaqinidagi "Sadpiri Komil" qabristoni, Shayxon qishloģidagi XVIII asrga mansub "Yusufxon tơra maqbarasi", "Chinor bobo", "Mahdumi A'zam ziyoratgohi", "Sulton Malik Merbaxsh" maqbaralari shular jumlasidandir.