Namangan tumani hokimi

Mo'minov Sadriddin Zokirovich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Seshanba kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha

 Tel: (0-369) 47-21-462, 47-21-671

 Manzil: 160600, Namangan viloyati, Namangan tumani, Toshbuloq shaharchasi, Mustaqillikning 5-yilligi ko'chasi

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

Veb-manzil: www.toshbuloq.uz

Namangan tumani hokimligining reglamenti

Namangan tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil topgan bo’lib, uning umumiy maydoni 249,0 kv.km ga teng. Tuman chegarasining umumiy uzunligi 98,1 km. Chegaradosh xududlar Sharqda Andijon viloyati 8,9 km, Uychi tumani 25,02 km, Norin tumani 3,3 km, Janubda Mingbuloq tumani 11,1 km, G’arbda To’raqo’rg’on tumani 25,28 km, shimolda Kosonsoy tumani 10,16 km, Yangiqo’rg’on tumani 14,34 km. Namangan tumani sug’oriladigan dexqonchilik regionidir. Uning hududidan G’irvonsoy, Namangansoy va Kosonsoy soylari o’tadi. Shimoliy Farg’ona kanali, Katta Namangan kanali va Yangi ariqdan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda foydalaniladi. Tuman territoriyasini Sharqiy tomonidan Norin daryo, janubiy tomonidan Sirdaryo oqib o’tadi. Iqlimi quruq, subtropik, yozi issiq, yog’in sochin kam(300-350), bug’lanish katta, qish qisqa va sovuq. Vegitatsiya davri 236 kun. Qulay iqlim sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Tuman aholi soni bo’yicha viloyatda Namangan shahri va Chust tumanidan keyin uchinchi o’rinda turadi. Tuman markazi - Toshbuloq shaharchasi. Toshbuloq shaharchasidan viloyat markazi bo’lgan Namangan shahrigacha 10 km. Tuman xududida 10 shaharcha, 12 ta qishloq fuqarolar yig’ini, 41 ta qishloq aholi punktlari va 69 ta maxalla fuqarolar yig’inlari bor. Tuman aholisining 33,7 foizini (71,4 ming kishi) 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Mehnat resurslari umumiy aholining 57,1 foizini yoki 120,7 ming kishini tashkil etadi. Aholining 6,8 foizi tuman markazi Toshbulok shaharchasida yashaydi. Tuman aholisining 48,7 foizini erkaklar, 51,3 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tumanda 15 millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o’zbeklarning salmog’i 98.6 foiz, tojiklar 1,3 foizni tashkil etadi. Tuman bo’yicha oiladagi odamlar soni o’rtacha 4 kishini tashkil etadi. Tuman aholisining o’rtacha zichligi 1 kv. km ga 849 kishiga to’g’ri keladi. Tumanda 5 ta qo’shma korxona mavjud bulib, ulardan 2 tasi "MIRISHKOR" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi va "MRT TEXTILE" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi yirik korxonalar, 3 tasi "TOSHBULOK TEKS" Uzbekiston - Rossiya mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi, "GOLDEN SILK" Vyetnam shu’ba korxonasi va"MERRYMED FARM" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi kushma korxonasi kichik biznes sub’ekti sanaladi. Namangan tumani qishloq ho’jaligi ekinlaridan asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan bo’lib, jami paxta maydonlari umumiy ekin yerining 50 foizidan ortigini tashkil etadi. Yetishtirilgan paxta xosilini Namangan - 3 sonli paxta tozalash korxonasida va Mirishkor MCHJ qo’shma korxonasida qayta ishlanadi. Tumanda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan birga aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, ijtimoiy sohalarni isloh qilishga karatilgan bir qator chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilgan bo’lib, xozirda ularni bajarilishini ta’minlash buyicha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.