Chop etish

    Raxbar: Tojimatov Baxodir Sharofiddinovich

    Qabul kunlari: Xar haftaning Chorshanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

    Tel: (0-369) 211-71-41

    Faks: (0-369) 211-71-40

    Manzil: Namangan sh, 2-kichik nohiya

    E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

   Veb-manzil: www.namkollejlar.uz

O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi xududiy boshqarmasining Nizomi 

1. Umumiy Qoidalar

 1. Namangan viloyati hokimligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (keyingi o’rinlarda Boshqarma deb ataladi) o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi sohasidagi davlat boshqaruvi organi bo’lib hisoblanadi hamda o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi va tegishli ravishda viloyat hokimligiga hisobot berib boradi.

2. Boshqarma tizimiga o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari faoliyatini tashkil etish va qabul qilish rejasini shakllantirish bo’limi, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo’limi, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limini o’quv-metodik ta’minlash bo’limi, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalariga metodik ko’maklashish bo’yicha maslahatchilar-metodistlar xizmati, ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash shu’basi, rahbar kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish shu’basi, moliya-buxgalteriya xizmati, yuridik maslahatchi, kadrlar bo’yicha inspektor va boshqa yordamchi xizmatlar, shuningdek, boshqarma tasarrufidagi akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari kiradi. Boshqarma boshlig’i lavozimiga tegishli ravishda viloyat hokimi taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi direktori tomonidan tayinlanadi.

3. Boshqarma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari, farmoyishlari va buyruqlari, O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazining xay’at qarorlari va buyruqlariga asosan tashkil qiladi.

4. Boshqarma o’z faoliyatini davlat organlari, nodavlat, notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlikda amalga oshiradi.

5. O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi xududiy boshqarmasini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markaziga ajratiladigan byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

6. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muxrga ega bo’ladi.

 2.  Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari

7. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi sohasida keng ko’lamli, chuqur bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muayyan kasb - hunarni, keng ixtisoslashuvni va ish ko’nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi soxasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustivor yo’nalishlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab katta bo’lgan mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga, ta’lim va ixtisoslik yo’nalishlarini yanada birxillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishga, viloyatdagi kadrlarga bo’lgan xaqiqiy extiyojni hisobga olgan holda, kasb-xunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga yo’naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyat Xalk ta’lim boshqarmasi ma’muriyati va mas’ul mutaxassislari bilan xamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish hamda kelgusida kasb- xunar kollejlari va akademik litseylarda o’qitish bilan to’liq qamrab olish, yangi o’quv yili uchun o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalariga o’qishga qabul qilish rejasini shakllantirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

mutaxassislarning bilim darajasini va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga yo’naltirilgan davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari uchun o’quv va o’quv- metodik qo’llanmalar, adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;

kasb-xunar kollejlari va akademik litseylar uchun yuqori malakali raxbar va pedagogik kadrlarni tanlash hamda ular bilan ta’minlash, ularning malakasini, kasb darajasini uzluksiz oshirish va ularning mexnatini rag’batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;

akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari o’quv jarayoniga ilg’or o’qitish shakllarini, shuningdek o’quvchilarni milliy mustakillik g’oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy qilish;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni zamonaviy o’quv-laboratoriya anjomlari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarining aniq ish joylarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tashining va ularni ishga joylashtirishning tashkil etilishini ta’minlash, bitiruvchilarning ish bilan band etilishi monitoringini amalga oshirish

8. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

“Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi sohasidagi qonun xujjatlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadi;

manfaatdor boshqarmalar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida mutaxassislarga bo’lgan talabni hisobga olgan holda har bir kasb-xunar kolleji bo’yicha ularni tayyorlash, kasblar va ixtisosliklar yo’nalishlari ro’yxatini xatlovdan o’tkazilishini tanqidiy o’rganadi, ta’lim mutaxassisliklari yo’nalishlarini yanada viloyatda turg’un faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning bitiruvchilarga bo’lgan talab va extiyojidan kelib chiqqan holda       bir xillikka keltirish, mutaxassislar tayyorlashning talab kam bo’lgan, tor ixtisosliklarni bartaraf etish, kadrlarga bo’lgan xaqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikda kasb-xunar kollejlarining qayta ixtisoslashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi va Markazga takdim etib boradi;

o’quvchilarni iqtisodiyot tarmoqlarida talab katta bo’lgan ta’lim yo’nalishlari va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo’yicha o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalariga o’qishga qabul qilish tartibi va ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlarini hisobga olgan holda son ko’rsatkichlari to’g’risidagi takliflarni belgilangan tartibda O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markaziga kiritadi;

Xalq ta’limi boshqarmasi va ularning shaxar, tuman bo’limlari bilan birgalikda kasblarni tanlash va 9-sinf bitiruvchilarini o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalariga o’qitish bilan to’liq qamrab olish, iqtidorli o’quvchilarni akademik litseylar va kasb-xunar kollejlariga tanlab olish bo’yicha umumta’lim maktablari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga doir tizimli ishlarni ta’minlashda qatnashadi;

davlat ta’lim standartini joriy etish va takomillashtirish, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tarmoq ta’lim standartlarini, o’quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalari uchun o’quv va o’quv-metodik adabiyotlarni yaratish va nashr etish bo’yicha takliflar kiritadi;

ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining pedagoglar jamoalarini o’quv-metodik materiallar va darsliklarni, o’qitishning zamonaviy shakl va metodlarini, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqishga keng jalb etishni ta’minlaydi;

Boshqarma O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda tasarrufidagi o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mavjud vakant o’rinlarga direktorlarni tanlash bo’yicha viloyat, tuman(shaxar) miqyosidagi ommaviy axoorot vositalari yordamida e’lon beradi va nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi ‘Akademik litsey va kasb-xunar kollejlariga direktorlarni attestatsiyasini o’tkazish to’g’risida”gi R-2146-sonli Farmoyishi talablari doirasida tanlovdan o’tishini ta’minlaydi.

Boshqarma tasarrufidagi o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari direktorlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkazish uchun tegishli xujjatlarni jamlaydi va kelishish uchun xujjatlarni O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi takdim etadi;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi bilan xamkorlikda akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining barcha pedagog xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o’tkazadi hamda uning natijalari bo’yicha xodimlarga tegishli malaka toifalarini belgilashni amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarini attestatsiya va akkreditizatsiyadan o’tkazilishini ta’minlaydi;

akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining pedagog va muxandis muallim kadlarga bo’lgan extiyojini o’rganadi hamda ularni kadrlar bilan ta’minlash ishlariga yordam beradi;

Boshqarma tasarrufidagi o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari rahbarlari va pedagogik xodimlarini, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirishga va qayta tayyorlashga bo’lgan extiyojlarini muntazam o’rganib boradi, malaka oshirish shakllari, malaka oshirish kontingentini shakllantirish va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar kiritadi;

kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g’oyalariga, boy milliy, madaniy-tarixiy an’analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagog shakl va vositalarini joriy yetadi, har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalashning ustuvorligini ta’minlaydi;

kasb-xunar kollejlarida ta’lim jarayonini ishlab chiqarish va tadbirkorlar bilan integratsiyalashni chuqurlashtirish chora- tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi va joriy etadi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limini takomillashtirish muammolari bo’yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o’quv-metodik, ilmiy konferentsiyalar, tanlovlar, ko’rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;

manfatdor davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan kasaba uyushmalari bilan birgalikda mexnatni muxofaza qilish, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimi o’quvchilari va xodimlarining sog’ligini hamda o’qish va mexnat qilishlari uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash chora- tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Pedagog xodimlarni rag’batlantirish va mexnatga xaq to’lash tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi. Viloyat o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi tizimining pedagog xodimlarini davlat mukofatlariga , shuningdek “O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoniga takdim etadi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida yoshlarning ilmiy-texnika ijodkorligini rivojlantiradi va uning samaradorligini oshiradi, iqtidorli o’quvchilar bilan tizimli ish tashkil etadi;

etim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalardan iborat bo’lgan o’quvchilarning markazlashtirilgan xisobini yuritishda vasiylik va xomiylik organlariga metodik yordam ko’rsatadi va ko’maklashadi;

manfaatdor davlat organlari ishtirokida deviant xulq-atvorli, jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo’lgan o’smirlar bilan ularning ta’lim olishi, rivojlanishidagi nuqsonini tuzatish va ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil qiladi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qiladi;

mamlakatimiz va xorijiy moliya tashkilotlarining kreditlari, qarzlari va grantlari mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishini ta’minlaydi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarini jihozlashga bo’lgan normativ talablarni ishlab chiqishda qatnashadi, ta’lim muassasalariga zarur bo’lgan o’quv labaratoriya jixozlarini xarid qilish bo’yicha manzilli ruyxatini O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markaziga kiritib boradi;

Boshqama tizimidan muassasalar va tashkilotlarda moddiy- texnika resurslaridan samarali foydalanish va ularni but holda saqlanishini ta’minlaydi;

akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarining turlari va yo’nalishlarini belgilash, ularni mintaqalarining geografik, demografik va ijtimoiy-iktisodiy xususiyatlarni hisobga olgan holda oqilona joylashtirishni ta’minlash bo’yicha takliflar kiritadi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi soxasida xalqaro xamkorlikni amalga oshiradi, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy investitsiyalani jalb etish ishlarida qatnashadi;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini tayyorlash darajasi, ularning ishga joylashtirilishi yoki oliy ta’shm muassasalariga o’qishga kirishi bo’yicha xar yili yil yakunlariga ko’ra, ochiqlik va oshkoralik sharoitlarida reyting baxolashning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

kasb-xunar kollejlari va tashkilotlarda (ish beruvchilarda) o’quvchilarning sifatli ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazishi, tegishli tartibda xaq berilishini nazorat qiladi, shuningdek bitiruvchilarni tanlangan kasblari bo’yicha kelgusida samarali ishga joylashtirish uchun ular o’rtasida shartnomalar tuzishga doimiy yordam beradi, bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirib boradi.

9. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi xududiy boshqarmasi tasarrufidagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlari hamda boshqarmaga qarashli bo’linmalar orqali xal qiladi.

3. Boshqarmaning xuquqlari va javobgarligi

10. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi xuquqlarga ega:

tegishli idoralardan statistik ma’lumotlarni va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga oid prognoz ko’rsatkichlarini olish;

o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limining ayrim masalalarini xal etish, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari ishini takomillashtirish, ularning o’quv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar tayyorlash, davlat ta’lim muassasalari xodimlari va o’quvchilarning belgilangan ijtimoiy muxofazasini ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun O’rta maxsus, kasb- xunar ta’limi markaziga kiritish;

bo’ysunishidan kat’iy nazar, viloyatdagi akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari tomonidan "Ta’lim to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi masalalari bo’yicha boshqa qonun xujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda tekshirish;

akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish yuzasidan o’z takliflarini berish;

xorijiy investitsiyalar hisobiga sotib olinadigan o’quv-laboratoriya jihozlari qabul qilinishi va yetkazib berilishini ta’minlash;

bazaviy oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasb-xunar kollejlari va akademik litseylar uchun malakali pedagoglar va mutaxassis-pedagog kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishda va unga metodik rahbarlik qilishda qatnashish.

Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

11. Boshqarma o’ziga yuklangan vazifalarni zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.

4. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

12. Boshqarmaga tegishli ravishda Qoraqolpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarining tavsiyasiga muvofiq O’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshqarma boshlig’i boshchilik qiladi.

Boshqarma boshlig’ining u tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qiladigan bir nafar o’rinbosari bo’ladi.

13. Boshqarma boshlig’i:

Boshqarma faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

o’z o’rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi. Boshqarma xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi, boshqarma tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o’z o’rinbosarlarining

va boshqa mansabdor shaxslarning boshqarma faoliyatini alohida uchastkalariga rahbarligi hamda tasarrufidagi organlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;

Boshqarma tizimi xodimlarining bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;

zarurat bo’lganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumii soni doirasida Boshqarma apparatining shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha Markazga taklif kiritishi mumkin;

Boshqarma apparat xodimlarini, boshqarma tasarrufidagi akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari direktor o’rinbosarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Boshqarma boshlig’i qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

14. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Microsoft Word ko'rinishida ko'chriib olish (43,5 KB)