Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’ektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda er uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi. 

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki ob’ektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi. 

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4389 ta bo‘sh er uchastkalari, 1 trl. 403 mlrd. 461 mln. so‘m investitsiya kiritish, 22443 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 70 mlrd. 192 mln. 600 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

 Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 1829 ta bo‘sh yer uchastkalari                573 mlrd. 202 mln. so‘m investitsiya kiritish, 7189 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 879 mln. 800 ming so‘mga sotildi.

Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2560 ta bo‘sh er uchastkalari 67 mlrd. 136 mln. 100 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 35 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 397 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 725 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 228 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 2519 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 97 mlrd. 158 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan                                   9 mlrd. 883 mln. 228 so‘m miqdorga sotildi.

Bugungi kunda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida jami 161 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari 1875 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 122 mlrd. 952 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 176 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 930 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Tadbirkor va investorlar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud. 

 

                                                        Sohibjon Rapiqov, MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori