Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich

Tug'ilgan vaqti va joyi: 1976 y. Namangan viloyati Namangan shahri

Ma'lumoti: oliy, 1998 y. Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2006 y. Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

MEHNAT FAOLIYATI

1994-1998 yy. - Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi

1998-2001 yy. - Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘yicha Namangan viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

2001-2015 yy. - yillarda Namangan viloyati hokimligi industriyani rivojlantirish, qurilish va kommunikasiyalar masalalari kotibiyati referenti, Namangan viloyati Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, boshqarma boshlig‘i,  Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti hududlarni kompleks rivojlantirish sho‘'basining yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

2015-2017 yy. - yillarda Namangan tumani hokimi

2017-2017 yy. - Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri

2017-2020 yy. - Namangan shahri hokimi

2020-2020 yy. - O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

2020 y.- h.v.     - Namangan viloyati hokimi

 

Quyidagilar viloyat hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi aloqalarni, aholini viloyatni boshqarishga jalb etishni taʼminlaydi;

Qonunlarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

oʻziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

aholini qabul qilishni (joylarda sayyor qabullar) tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat va takliflarini koʻrib chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari”ni faoliyat koʻrsatishiga har tomonlama koʻmaklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;

viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat byudjetining asosiy koʻrsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi tasdigʻiga taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimining oʻrinbosarlarini, shahar va tuman hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdigʻiga kiritadi;

hokimlik boshqaruv apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida viloyat tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdigʻiga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, idora, korxona va tashkilotlar rahbarlarini saylash va tayinlash boʻyicha respublika idoralariga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat  Kengashi va viloyat  hokimining qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari viloyat  Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati struktura boʻlinmalarining ishini nazorat qiladi;

Xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish koʻradi;

oʻziga berilgan vakolatlari doirasida umummanfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari

va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatadi;

viloyatdagi mahalliy davlat hokimiyati ijroiya organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashining hamda viloyat  hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha faoliyatlarini nazorat qiladi;

zaruriyatga qarab, ammo bir yilda kamida 2-marta xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi, uning hujjatlarini imzo qoʻyib tasdiqlaydi;

olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari viloyat  Kengashiga axborot beradi;

viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;

yangi innovatsion texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni oʻzlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini koʻradi;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni,

shu jumladan, ularni toʻplash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor boʻlishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xoʻjaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va

ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida

oʻz vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Viloyat hokimi oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat  hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

 

Viloyat hokimi quyidagi komissiya va

Kengashlarga raislik qiladi:

Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha viloyat idoralararo komissiyasi;

odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha viloyat idoralararo komissiyasi;

narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

Namangan viloyati hokimligi boshqaruv apparatining vakant lavozimlariga ochiq tanlov oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyasi;

viloyat “Maʼnaviyat va maʼrifat” Kengashi;

kichik va xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish boʻyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi kengashi;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

  

Qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida quyidagi viloyat tashkilotlari bilan jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish borasida muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi:

 Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi;

viloyat prokuraturasi;

viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Yoʻl harakati xafvsizigi boshqarmasi);

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi;

Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi;

viloyat adliya boshqarmasi;

viloyat umumyurisdiksiya sudi;

viloyat maʼmuriy sudi;

viloyat bojxona boshqarmasi;

viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (Yongʻinga qarshi kurash tuzilmalari);

viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi;

Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi;

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi;

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi.

 

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (50 KB)