Sultanov Saidahmad Anvarovich

Tug'ilgan yili va joyi: 03.12.1976, Namangan viloyati, Namangan shahri

Ma'lumoti: Oliy, 1998-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini (kunduzgi) tamomlagan.

MEHNAT FAOLIYATI

1993-1998 yy. - Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi

1998-2001 yy. - Namangan tumani hokimligi huzuridagi davlat kadastri bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2001-2004 yy. - Namangan viloyati hokimligi huzuridagi davlat kadastri bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi

2004-2010 yy. - Namangan viloyati "Yermulkkadastr" xizmati davlat unitar korxonasining rejalashtirish va ishlab chiqarish" bo‘limi boshlig‘i

2010-2012 yy. - Namangan shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr xizmati davlat unitar korxonasi boshlig‘i

2012-2016 yy. - Namangan shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2016-2017 yy. - Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2017-2018 yy. - Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2018-2020 yy. - Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i

2020 y.  -  h.v. - Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari



Quyidagilar viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;

ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko’rsatishiga har tomonlama ko’maklashishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog’i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

o’ta muhim va toifalangan inshootlarning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etilishini nazorat qiluvchi hududiy idoralararo viloyat komissiyasi;

toshqinga qarshi favqulodda komissiya;

yonilg’i-energetika resurslarini tejash bo’yicha viloyat komissiyasi;

mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar
va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha maxsus komissiya;

yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash komissiyasi;

viloyat hokimligining “O’zdavzahira” faoliyati bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi;

Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspektsiyasi viloyat bo’limi;

viloyat  Davlat ekspertiza boshqarmasi;

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

“O’ztransgaz” AK hududiy tashkilotlari;

viloyat elektr tarmoqlari korxonasi;

viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi;

“Sinov va sertifikatlashtirish” davlat korxonasi;

O’zbekiston avtomobil va daryo tarnsporti agentligining viloyat bo’limi;

Aeroport;

mintaqaviy temir yo’l uzelining viloyat bo’limi;

kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) markazi;

“O’zavtoyo’l” AK hududiy tashkiloti;

“O’zdavneftegazinspektsiya” ning viloyat bo’limi”

“O’zdavenergonazorat” inspektsiyasi viloyat bo’limi;

Qora va rangli metallar tayyorlov idoralari;

“O’zneftmahsulot” unitar korxonalari;

og’ir sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalari;

agrosanoat korxonalaridan tashqari sanoat korxonalari;

qurilish industriyasi korxonalari;

qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;

loyihalash muassasalari;

transport tashkilotlari;

kommunal xo’jalik tizimi korxonalari;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.

 

Microsoft Word shaklida yuklab olish (32 KB)