Yuridik xizmat faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to’g’risidagi nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

Quyidagilar yuridik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-viloyat hokimligining huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash faoliyatida bevosita qatnashish;

-normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;

-viloyat hokimligi apparati xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;

-viloyat hokimligi va uning tizimiga kiradigan tashkilotlar, bo`lim va bo`linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta`minlashga ko`maklashish;

-viloyat hokimligining shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da`vo ishlarini yuritishda qatnashish;

-sudlarda va boshqa idoralarda viloyat hokimligining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

 

Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (25 KB)