Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkent shahri “O’zekspomarkaz”da “ICTWEEK Uzbekistan - 2017” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu AKT xaftaligiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari hamda mahalliy dasturchilarni taklif etamiz.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi O‘zbekiston IT-sohasining yirik an’anaviy voqeasi hisoblanadi. Haftalik o‘zida qator turli yo‘nalishlardagi tadbirlarni jam qilgani bilan ham ahamiyatli.

Xalqaro tajribani tahlil qilish orqali jamiyat hayotiga innovatsiyalarni olib kirish, aholiga qulaylik yaratayotgan texnologiyalarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes sohasini qo‘llab-quvvatlashda axborot texnologiyalaridan foydalanish tendensiyalarini o‘rganish haftalik bosh maqsadlari qatorida turadi.

ICTWEEK-2017 haftaligi bu yil format va mazmun jihatdan avvalgi yillardan farq qiladi. Jumladan, bu yil tashkil qilinayotgan ko‘rgazma kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi IT-kompaniyalar uchun katta imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi. Ishtirokchilarga ko‘rgazma doirasida shartnomalar imzolash huquqi beriladi. Bu esa yangi ishlanma va dasturlarni amalda tatbiq etish, dasturiy ta’minot bozori rivoji uchun ayni muddao. Shuningdek, bu yil ko‘rgazmada ishtirok etuvchi yurtimiz aholisi nafaqat mahalliy, shuningdek jahon IT-sanoatining ilg‘or mahsulotlari bilan ham tanishadilar. 

Mazkur AKT haftaligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy kompaniyalar bilan axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqish va sotib olish bo’yicha tender (tanlov) savdolarini o’tkazmay to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilganligini ma’lum qilamiz.