O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashiga yangi rahbar tayinlandi. Shu kungacha Namangan viloyati matbuot va axborot boshqarmasi bo’lim boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Ikramov ushbu lavozimga munosib ko’rildi.
Anvar Ikramov 1983 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. 2006 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2001 yildan boshlab, bir necha yil turli lavozimlarda ishlagan.
Yig’ilishda Namangan shahar hokimi Shavkat Abdurazakov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi raisi Ilyos Rahimovlar ishtirok etishdi va so’zga chiqishdi.