Namangan viloyati hokimligi boshqaruv apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq tanlov e’lon qiladi:
Viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar viloyat hokimligiga, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishlari zarur.
Hujjatlar 2021 yil 6 oktabrdan 15 oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Ish haqi: shtat jadvali bo‘yicha
Qo‘shimcha haq: ko‘zda tutilgan
Stavka: to‘liq
Nomzodga qo‘yiladigan malaka talablari:
Viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga 1. Oliy yuridik ma’lumotga ega va mahalliy davlat hokimiyati tizimlarida
5 yil, yuridik sohada ishlashda kamida 10 yil mehnat tajribasiga ega malakali xodim bo‘lishi hamda o‘zbek, rus tillarida fikrlarini to‘liq bayon eta olishi; 2. Turli seminarlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarda viloyat hokimligi nomidan ishtirok eta olishi; 3. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega bo‘lishi; 4. Har qanday vaziyatda o‘zini-o‘zi idora qila olishi;
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq foydalana olishi; 6. Sohaga oid barcha normativ-huquqiy hujjatlarni puxta bilishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Nazorat tuzilmalarining asosiy maqsadi tashkilotda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, tashkilot tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, tashkilot tizimida korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Shuningdek, sohaga oid Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklatilgan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi, qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmasligi, tashkilot tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi, tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan tashkilot rahbariyatiga ma’lumotnomalar kiritishi hamda har chorakda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etishi shart.
Ish sharoiti: ish kunlari dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Nomzodlar uchun tanlov viloyat hokimligi tanlov komissiyasi tomonidan Agentlik mas’ul xodimi ishtirokida 2021 yil 16 oktabr kuni soat 10-00 da viloyat hokimligi binosida o‘tkaziladi. Manzil: Namangan shahri, Istiqlol ko‘chasi 57-uy.
- Bosh sahifa
- Viloyat hokimligi
- Viloyat hokimligi
- Umumiy ma'lumot
- Rahbariyat
- Guruh va kotibiyatlar
- Me'yoriy hujjatlar
- Tahliliy ma'lumotlar
- Rasmiy ma'ruzalar
- Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari
- Ommaviy tadbirlar
- Normativ-huquqiy xujjatlar loyihalarini muhokama qilish
- Muassisligidagi tashkilotlar
- Ishga qabul qilish ma'lumotlari
- Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi komissiya
- Заголовок подпункта меню 2
- Viloyat hokimligi
- Namangan viloyati
- Shahar va tumanlar
- Deputatlar faoliyati
- Ma'lumotlar
- Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va atamalar ro‘yxati
- Viloyat tashkilotlari
- Milliy bayramlar
- Viloyat iftixorlari
- "Namangan" xalqaro aeroporti
- Axborot xizmati
- E'lon va tanlovlar
- Byudjet ma'lumotlar
- Bo'sh ish o'rinlari
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi
- Xalqaro munosabatlar
- Namunaviy uy-joylar
- Ko'p berilgan savollar
- Yuridik va jismoniy shahslarning murojaatlari
- Erkin iqtisodiy zonalarinig bosh rejalari
- Sport inshootlari va to'garaklari
- Apellyatsiya kengashi
- Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
- Taraqqiyot strategiyasi
- 2022 - 2030 YILLARDA RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- 2023 yil harakatlar dasturi
- “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
- Jamoatchilik kengashi
- Yangiliklar
- Ko'chma Savdo
- Ochiq ma'lumotlar