Mustaqillik yillarida Namangan viloyatidan «O’zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo’lganlar

 

 1. Qo'chqarova Ayshaxon –Namangan viloyati tug’ruqxonasi bo’lim mudiri bo’lgan.

1941 yilda Namangan shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, O’z.XDP a’zosi ma’lumoti oliy, 1964 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi akusher ginekolog.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 26 avgustdagi Farmoni bilan «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
 

2. Abduraximov Abduvali – Chortoq tumanidagi «O’zbekiston mustaqlligining 5 yilligi» shirkat xo’jaligida brigada boshlig’i bo’lgan.

1935 yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 avgustdagi Farmoni bilan «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
2003  yilda vafot etgan.
 

3. Akramova  Dilbar - O’zbekiston "Mehr-shafqat va salomatlik" jamg’armasining Namangan viloyati bo’limi boshqaruvi raisi bo’lgan.

1946 yilda Namangan viloyati, Uychi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1967 yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, muhandis-texnolog mutaxassisligiga ega, O’z. XDP a’zosi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 23 avgustdagi Farmoni bilan «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
 

4. Xomidov Abduraim - To’raqo’rg’on tumanidagi "O’zbekiston" shirkat xo’jaligi 8-bosh pudrat boshlig’i bo’lgan.

1943 yilda To’raqo’rg’on tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta, partiyasiz, Xalq deputatlari To’raqo’rg’on tuman va Namangan viloyat Kengashlari deputati etib saylangan. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasining «Faxriy yorlig’i», 2001 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni, 2004 yilda esa "O’zbekiston Qahramoni" unvoni bilan  mukofotlangan.  
2007 yildan buyon To’raqo’rg’on tumanidagi "Shaxand Xumo Qushi" fermer xo’jaligi rahbari vazifasida ishlab kelmoqda.
 

5. Mirzaeva Xalchaxon - To’raqo’rg’on tumanidagi «Xaticha aya» fermer xo’jaligi boshlig’i.

1947 yilda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta, O’zbekiston XDP a’zosi, 1992 yilda «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan, 2002 yilda «Shuhrat» medali bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 24 avgustdagi Farmoni bilan «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.
2001 yildan buyon To’raqo’rg’on tumanidagi «Xaticha aya» fermer xo’jaligi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.