«Namangan agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2021 yil 23 iyuldagi navbatdan tashqari yig‘ilish qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi PF 6262 -son farmoni va PQ- 5185 son qaroriga asosan “Namangan Agrokimyoximoya” XAJni tugatish masalasida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi  2021 yil 13 avgust kuni (“O‘zagrokimyohimoya” AJ Toshkent shahri, Mirobod tumani Nukus ko‘chasi,
77-uy manzilida hamda  Namangan shahar, Sanoatchi ko‘chasi, 20-uy) da soat 10-00 da onlayn tarzda o‘tkazilishi belgilandi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar ro‘yxati 2021 yil 26 iyul xolati bilan, aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishiga qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati  2021 yil 9  avgust  holatiga tuzilgan.

YIG‘ILISh    KUN   TARTIBI

1. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni kun tartibini tasdiqlash.
2. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish sanoq komissiyasini  saylash.
3. “Namangan Agrokimyohimoya” XAJ aksiyadorlarini  reyestrini berkitish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi PF 6262 -son farmoni va PQ- 5185 son qaroriga asosan “Namangan  Agrokimyoximoya” XAJning faoliyatini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida.
5. “Namangan Agrokimyoximoya” XAJni tugatish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini tuzish va tasdiqlash to‘g‘risida.


Aksiyadorlar yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, vakillar belgilangan tartibda  rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlarini so‘raymiz. (Jismoniy shaxs  aksiyadorlarning vakillari  notarius orqali rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan, yuridik shaxslar  aksiyadorlar vakili yuridik shaxs rahbarining imzosi va  yumaloq muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim). Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish  2021 yil 13 avgust kuni soat
9-00 dan 10-00 gacha o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishning aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborotlari bilan tanishish va o‘tkaziladigan yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar olish uchun (69-234-41-02) telefonlariga murojaat qilish yoki  www.namkimyo.uz sayti  orqali tanishish mumkin.

                                                                                  

   Kuzatuv kengashi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, xalq bilan muloqot va aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bilan bog‘liq amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Joylarda aholi bilan yuzma-yuz va ochiq muloqot o‘tkazish, ular tomonidan  ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har haftada viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasida, shahar va tumanlar hududida hamda viloyat hokimligida muntazam shaxsiy qabullar, shuningdek tadbirkorlar uchun  alohida qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, viloyat hokimining “Telegramm” va “Facebook”dagi rasmiy sahifalari orqali tun-u kun murojaatlar qabul qilinib, ijroga qaratilib, nazoratga olinmoqda. Yoshlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida, viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyat hokimligining “Yoshlar murojaati” veb-sayti va cоll-center orqali murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi joriy etildi.
Muntazam ravishda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida joylarda aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Viloyat hokimligiga 2021 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4 851 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib,
2020 yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich 1 988 tani tashkil etgani holda
2 863 taga ko‘paygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahri 6408 ta
(40.2 %), Chust tumani 5 005 ta (32.4 %) va Uychi tumani 4 753 ta (26.6%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021 yil 6 oyi davomida viloyat hokimligida rahbarlar tomonidan
2360 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan.
2020 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 717 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1643 taga yoki 69,4 % ga ko‘paygan.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri turishini inobatga olgan holda murojaatlarni bevosita muallif ishtirokida o‘rganish, ko‘tarilgan masalani hal etish yoki qonunchilikda belgilangan normalar bo‘yicha tushuntirish berish amaliyotiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy 760 ta (29.5%), ish, ish haqi va imtiyoz masalalarida 325 ta (10.2%), din masalalari 166 ta (7.5%) moddiy yordam 162 (6.9 %) ta va sog‘liqni saqlash 114 ta (6.5 %) masalalarni tashkil etadi.
Shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 2021 yilning 2-choragi davomida shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushgan murojaatlarning jamlanmasini tahlil qilinganda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 36 849 ta yozma va og‘zaki murojaatlar  kelib tushgan bo‘lib, 2020 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 17 248 tani tashkil etgan holda 19 601 taga yoxud 53.2 foizga ko‘paygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahri 6 408 ta (40.2 %), Chust tumani 5 005 ta (32.4 %) va Uychi tumani 4 753 ta (26.6%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021 yilning 2-choragi davomida shahar va tumanlar hokimliklarida rahbarlar tomonidan 12 730 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan. 2020 yil 2-choragida bu ko‘rsatkich 3 965 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 765 taga yoki 69,8 % ga ko‘paygan. Mamlakatimizda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilib, karantin qoidalariga rioya etgan holda qabullarni o‘tkazishga keng sharoitlar yaratilgani munosabati bilan shaxsiy va sayyor qabullarning sonini keskin ortgan.
Shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy va yer maydonlari olish masalalarida 5 213 (46.1%) ta, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida 2 316 ta (12.8%), moddiy yordam 1 625 (9.5%) ta va bank-kredit 1 218 ta (7.2%) masalalarini tashkil etadi.
Prezident virtual qabulxonasi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan 2021 yil 6 oyi davomida viloyat hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 12553 ta murojaatlar kelib tushib, murojaatlar soni  2020 yil 6 oyi (6228 ta)ga nisbatan 6325 taga yoki 51,4 % ga oshgan.
Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hokimliklar - Mingbuloq 56,4 % va Chortoq 36,2 % tumanlarini tashkil etadi.Murojaatlarning hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yo‘llanayotgan hokimliklar - Namangan shahar (3 116 ta), Chust  (1 498 ta), Pop (1 297 ta)  va Uychi (982 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  

TAKLIFLAR:


“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi belgilangan. Biroq, Prezident virtual qabulxonasidan kelayotgan ayrim murojaatlarda murojaat etuvchilar tomonidan qonunsiz talablar qo‘yish (“kir yuvish mashinasi olib berish”, “chet elda tahsil olayotgan farzandim uchun yirik miqdordagi kontrakt pulini to‘lab bering yoki homiy tashkilot biriktirib bering”, “boshlang‘ich to‘lovsiz namunali uy-joy olib bering” va h.k) yuqoridagi qonun talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli, Prezident virtual qabulxonasi ishchi guruhi tomonidan ushbu turdagi murojaatlar kelib tushgan vaqtda qabul qilinmasligi, shu jarayonning o‘zidayoq yuqoridagi qonun talabi ko‘rsatilib, qabul qilmaslik va ijroga yo‘naltirmaslik taklifi bildiriladi.
Namangan viloyati hokimligi tomonidan topshiriqda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil qilish tadbirlari amalga oshirib borilishi ta’minlanadi.


Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning 6 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar to‘g‘risida tahliliy axborotni ko'chirib olish (PDF 302 kb)

 

2017-2020 yillarda Namangan viloyati Yalpi hududiy mahsulot hajmi 173.1 foizga o‘sdi.

Namangan viloyatida 2017-2020 yillar davomida YaHM hajmi 12.1 trln.so‘mga ortib, amaldagi narxlar bo‘yicha 173,1 foiz o‘sishga erishildi.

Asosiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinganda:

Sanoat - 1,5 barobarga;
Iste’mol mollari - 1,4 barobarga;
Qurilish ishlari - 2,0 barobarga;
Qishloq xo‘jaligi - 1,6 barobarga;
Chakana savdo - 1,2 barobarga;
Xizmat ko‘rsatish - 1,3 barobarga o‘sdi.

Namangan viloyatida 2021 yilning 2-chorak yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy ma'lumotnoma (xls 1.3 mb)

 

- Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarni ko‘rib chiqish tartibini tushuntiring?


Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
YHXX organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi korxona yoki tashkilotning yozma arizasi fuqarolar uchun shaxsiy pasport yoki uning o‘rniga berilgan hujjat, transport vositasini qonuniy sotib olinganligini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslar transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar.
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki ro‘yxatdan chiqariladi.
Yangi tashkil etilgan tashkilot va korxonalarni avtoxo‘jaliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy YHXX organi tomonidan shu joyning ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etiladi.
Transport vositalari ushbu hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Transport vositalarining turar-joy yoki egasining yashash joyi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon);
• korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o‘rni o‘zgarishiga asos bo‘lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
• transportlarning turgan o‘rnini hududlardagi YHXB organlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazganligi haqidagi dalolatnoma;
• Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, farmoyish, qaror);
• fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini dalolatnomalarini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Egasi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
• belgilangan tartibda ariza;
• notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
• sud qarori;
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi idoralari tomonidan berilgan order;
• chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma.

 

- Xorijiy fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish qanday tartib asosida amalga oshiriladi?


Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolarning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan muddatlarda ya'ni bakalavriatga kirish uchun 20 iyundan 20 iyulga qadar, magistraturaga kirish uchun 1 iyuldan 30 iyulga qadar qabul qilinadi. O‘rnatilgan tartibga binoan xorijiy fuqarolar hujjatlarini tegishli oliy ta'lim muassasasining Qabul komissiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirishlari kerak.
Xorijiy fuqarolar bakalavriatga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili 1 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari asosida qabul qilinadilar. Magistraturaga esa oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda tahminan 1-10 avgust oralig‘ida tashkil etiladigan kirish imtihonlari natijasi asosida qabul qilinadilar.
Xorijiy fuqarolarni talabalar safiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida test sinovlari (bakalavriat uchun) yoki kirish imtihonlari (magistratura uchun) natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

- Bugungi xalqaro vaziyat va davr talabidan kelib chiqqan holda respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining diversifikasiya qilinishi, yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarining amaliyotga izchil joriy etilishiga mos ravishda bandlik sohasidagi me'yoriy hujjatlarning takomillashuvi haqida so‘zlab bersangiz.


Darhaqiqat, so‘nggi yillarda qabul qilingan bir qator me'yoriy huquqiy hujjatlar asosida ko‘plab soliq imtiyozlari yaratilmoqda, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishchilarni yollash va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartib-tamoyillari yengillashtirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish tartibi va me'yorlari hamda ularga qo‘llaniladigan imtiyozlar o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga ko‘ra, 2014 yilning 1 iyulidan boshlab, qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati kichik korxonalarida xodimlarning cheklangan soni yiliga o‘rta hisobda ikki baravarga (200 kishiga) oshirildi. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab esa, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning o‘rtacha yillik soni normativdan ko‘pi bilan 50 foizga oshirilgan hollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladigan bo‘ldi.
Bularning barchasi, avvalambor, aholi bandligini ta'minlash, yoshlarning kasb-hunar o‘rganishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini alohida ta'kidlash joiz.

 

- Agar joy mulkdori umumiy mol-mulkiga ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqmasa majburiy badallarni to‘lamaslikga huquqi bormi?


Yo‘q, agarda mulkdor uyga ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqmasa, u bu masalani shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish vakolatiga ega shirkat a'zolari umumiy yig‘ilishiga kiritishi kerak.

 

- Alohida uyning turar joy mulkdori shirkati tarkibidan chiqsa ushbu uyga shirkat mablag‘laridan ulush beriladimi?


Ha, bu uyning turar-joy mulkdorlaridan ta'mirlashga yig‘ilgan mablag‘lardan beriladi. Agarda alohida ko‘p kvartirali uy turar joy mulkdorlari Shirkat tarkibidan chiqqan taqdirda turar joy mulkdorlari tomonidan ushbu uyni mukammal ta'mirlash uchun to‘plagan maqsadli jamg‘armasi hisobiga shakllanadigan pul mablag‘lari belgilangan tartibda yangi tuzilayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga berilishi kerak.

 

 

Gullar bayramida ishtirik etish uchun onlayn ariza yuborish