Muhtaram Prezidentimiz tomonidan o‘tgan 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilingandan so‘ng xalq bilan muloqot va ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bilan bog‘liq amaliy ishlar yana bir yuqori bosqichga ko‘tarildi.

Joylarda aholi bilan yuzma-yuz va ochiq muloqot o‘tkazish, ular tomonidan  qo‘tarilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har haftada viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasida hamda viloyat hokimligida muntazam shaxsiy qabullar, shuningdek tadbirkorlar uchun  alohida qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shuningdek, viloyat hokimining “Telegramm” va “Facebook”dagi rasmiy sahifalari orqali tunu-kun murojaatlar qabul qilinib, ijroga qaratilib, nazoratga olinmoqda. Muntazam ravishda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida joylarda aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014 yil 3 dekabrdagi Qonunining talablarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 sentyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Namangan viloyatida 2019 yilning 12 oyida jami 53562 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan viloyat hokimligiga 2019 yil 12 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 8534 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib,  2018 yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich 8642 tani tashkil etgani holda 108 taga kamaygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahar 17914 ta (38.1%), Uychi tumani 4123 ta (12.2%), Kosonsoy tumani 3792 ta (9.8%) va Pop tumanlari 3735 ta (9.9%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

 2019 yil 12 oyi davomida viloyat hokimligida rahbarlar tomonidan 5548 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan.
2018 yilning huddi shu davrida
bu ko‘rsatkich 5258 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 290 taga yoki 5,3% ga ko‘paygan.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri turishini inobatga olgan holda murojaatlarni bevosita muallif ishtirokida o‘rganish, ko‘tarilgan masalani joyida ijobiy hal etish yoki qonunchilikda belgilangan normalar bo‘yicha tushuntirish berish amaliyotiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy 1786 ta (36.1%), ish, ish haqi va imtiyoz masalalarida 972 ta (15.1%), din masalalari 822 ta (7.6%) moddiy yordam 675 (8.2%) ta, sog‘liqni saqlash 560 ta (7.0%) masalalarni tashkil etadi.

 

Shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha

 

2019 yilning 12 oyi davomida shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushgan murojaatlarning jamlanmasini taxlil qilinganda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 45028 ta yozma va og‘zaki murojaatlar  kelib tushgan bo‘lib, 2018 yilning huddi shu davrida bu ko‘rsatkich 44086 tani tashkil etgan holda 942 taga ko‘paygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahar 17914 ta (38.1%), Uychi tumani 4123 ta (12.2%), Kosonsoy tumani 3792 ta (9.8%) va Pop tumanlari 3735 ta (9.9%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

2019 yilning 12 oyi davomida shahar va tumanlar hokimliklarida rahbarlar tomonidan 13401 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan. 2018 yil 12 oyida bu ko‘rsatkich 13205 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 196 taga ko‘paygan.

SHahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy va er olish masalalarida 11086 (49.6%) ta, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida 1486 ta (11.6%), moddiy yordam 1230 (9.6%) ta, bank-kredit
967 ta (7,4%) masalalarini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali viloyat bo‘yicha 2019 yilning 12 oyida 13634 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan 2018 yilga (15756 ta) nisbatan 2122 ta (16,0 %)ga kamaygan.

Kelib tushgan 13634 ta murojaatdan 12635 tasi (96,07%) natijasi kiritilgan, 12602 tasi (95,9%) nazoratdan chiqarilgan va 455 tasi (3,9%) qoldiqda. Qoldiqdagi murojaatlardan 211 tasini muddati buzilgan.

Nazoratdan olingan murojaatlarning 9960 tasi yoki 81,2 foizi (viloyat hokimligi apparati ko‘rsatgichi 306 ta, 91,6 %) qanoatlantirilgan, shundan 1162 tasi (9,4 %) ijobiy echimini topgan, 8694 tasi (70,1 %) bo‘yicha huquqiy maslahat va ma’lumotlar berish yo‘li bilan hal etilgan, 104 tasi asosli deb topilib qo‘shimcha muddat olingan, 2256 tasi bo‘yicha umumiy tushuntirishlar berilgan, 77 ta murojaat rad etilib, 92 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 195 ta murojaat tugatilgan hamda 22 tasida minnatdorchilik bildirilgan.

Virtual qabulxona tizimi bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimligi tomonidan kunlik 3 marta (soat 9:00, 12:00, 18:00) so‘rov tizimi joriy etilgan hamda mas’ul ijrochilarga murojaatlar bilan ishlash jarayonida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinayotgan bo‘lishiga qaramay, ayrim shahar va tumanlar hokimliklari murojaatlar bilan ishlashga mas’uliyatsizlik bilan yondashmoqdalar.

Masalan, muddati o‘tgan murojaatlar 2020 yil 1 yanvar holatiga Namangan shahrida 48 tani, YAngiqo‘rg‘onda 46 tani, Pop tumanida 36 tani va CHust tumanida 20 tani tashkil etgan bo‘lsada, ularni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilmagan.

Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hokimliklar - Pop 47,6%, Kosonsoy 52,0%, CHortoq 60,7%, YAngiqo‘rg‘on 63,1% va To‘raqo‘rg‘on 79,7% tumanlarini tashkil etadi.

Murojaatlarning hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yo‘llanayotgan hokimliklar - Namangan shahar (4148 ta), CHust (1240 ta), Pop (1073 ta)  va Uychi (1013 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  

SHuningdek, kelib tushgan 138 ta takroriy murojaatlarning  eng ko‘pi YAngiqo‘rg‘on (61 ta), Pop (23 ta), Norin, CHust va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida
(12 tadan)ni tashkil etgani achinarli hol.

Masalan, YAngiqo‘rg‘on tumani Navkent MFYda yashovchi ota-bola V.Isaqov va D.Isaqovlar o‘rtacha 20 martadan ortiq takroriy murojaatlar yo‘llagan bo‘lsalarda, nizoli bog‘ er maydonlari masalasi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ayniqsa, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, boquvchisi yo‘q, nogironligi bo‘lgan uy-joyga muhtoj ayollarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ularni o‘z vaqtida navbatga qo‘yish, ro‘yxatini shakllantirish, boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy ajratib berish masalalariga Yangiqo‘rg‘on va Chust tumanlarida alohida e’tibor qaratilmasdan, barcha sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasiga o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi oqibatida ushbu hududlardan takroriy murojaatlar soni ikki barobarga ortgan.

MUAMMOLAR:

1) Amaldagi qonunchilikka muvofiq, har bir davlat boshqaruvi organida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlaydigan alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etish belgilangan bo‘lsada, viloyatlar hokimliklarining tasdiqlangan tuzilmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlaydigan alohida tarkibiy bo‘linma nazarda tutilmagan. Shu sababli, moliya-xo‘jalik munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi viloyatlar hokimliklarining Ishlar boshqarmasi (shtat birligidagi bosh mutaxassis lavozimidan Devonxona mudiri, yetakchi mutaxassis shtatidan xatlar bilan ishlovchi mutaxassis faoliyat yuritsa), Prezident virtual qabulxonasidan kelgan murojaatlarni qabul qilish, ijroga qaratish va natijalarini kiritish bilan viloyat hokimligida normativ-huquqiy qaror va farmoyishlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hokimlik manfaatlarini sudlarda himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik xizmat xodimlari shug‘ullanib kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorining 2-bandida yuridik xizmat xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

TAKLIFLAR:

1) Kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan samarali ish olib borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, viloyatlar hokimliklari tuzilmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlaydigan (3 shtat birligi - bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis, etakchi mutaxassis) alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etish taklif qilinadi.

2) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi belgilangan. Biroq, Prezident virtual qabulxonasidan kelayotgan ayrim murojaatlarda murojaat etuvchilar tomonidan qonunsiz talablar qo‘yish (“farzandimni uylantirib qo‘ying”, “chet elda tahsil olayotgan farzandim uchun yirik miqdordagi kontrakt pulini to‘lab bering yoki homiy tashkilot biriktirib bering”, “boshlang‘ich to‘lovsiz namunali
uy-joy olib bering” va h.k) yuqoridagi qonun talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli, Prezident virtual qabulxonasi ishchi guruhi tomonidan ushbu turdagi murojaatlar kelib tushgan vaqtda qabul qilinmasligi, shu jarayonning o‘zidayoq ushbu qonun talabi ko‘rsatilib, qabul qilmaslik va ijroga yo‘naltirmaslik taklifi bildiriladi.

Namangan viloyati hokimligi tomonidan topshiriqda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil qilish tadbirlari amalga oshirib borilishi ta’minlanadi.

 
      Namangan viloyati hokimligi