Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2021 yilni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, xalq bilan muloqot va aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bilan bog‘liq amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Joylarda aholi bilan yuzma-yuz va ochiq muloqot o‘tkazish, ular tomonidan  ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har haftada viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasida, shahar va tumanlar hududida hamda viloyat hokimligida muntazam shaxsiy qabullar, shuningdek tadbirkorlar uchun  alohida qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, viloyat hokimining “Telegramm” va “Facebook”dagi rasmiy sahifalari orqali tun-u kun murojaatlar qabul qilinib, ijroga qaratilib, nazoratga olinmoqda. Yoshlarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida, viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyat hokimligining “Yoshlar murojaati” veb-sayti va cоll-center orqali murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi joriy etildi.
Muntazam ravishda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida joylarda aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.
Viloyat hokimligiga 2021 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4 851 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib,
2020 yilning o‘tgan davrida bu ko‘rsatkich 1 988 tani tashkil etgani holda
2 863 taga ko‘paygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahri 6408 ta
(40.2 %), Chust tumani 5 005 ta (32.4 %) va Uychi tumani 4 753 ta (26.6%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021 yil 6 oyi davomida viloyat hokimligida rahbarlar tomonidan
2360 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan.
2020 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 717 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1643 taga yoki 69,4 % ga ko‘paygan.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri turishini inobatga olgan holda murojaatlarni bevosita muallif ishtirokida o‘rganish, ko‘tarilgan masalani hal etish yoki qonunchilikda belgilangan normalar bo‘yicha tushuntirish berish amaliyotiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Viloyat hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy 760 ta (29.5%), ish, ish haqi va imtiyoz masalalarida 325 ta (10.2%), din masalalari 166 ta (7.5%) moddiy yordam 162 (6.9 %) ta va sog‘liqni saqlash 114 ta (6.5 %) masalalarni tashkil etadi.
Shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 2021 yilning 2-choragi davomida shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushgan murojaatlarning jamlanmasini tahlil qilinganda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 36 849 ta yozma va og‘zaki murojaatlar  kelib tushgan bo‘lib, 2020 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 17 248 tani tashkil etgan holda 19 601 taga yoxud 53.2 foizga ko‘paygan. Eng ko‘p murojaatlar Namangan shahri 6 408 ta (40.2 %), Chust tumani 5 005 ta (32.4 %) va Uychi tumani 4 753 ta (26.6%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021 yilning 2-choragi davomida shahar va tumanlar hokimliklarida rahbarlar tomonidan 12 730 nafar jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan. 2020 yil 2-choragida bu ko‘rsatkich 3 965 nafarni tashkil etgan bo‘lib, qabulga keluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 765 taga yoki 69,8 % ga ko‘paygan. Mamlakatimizda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilib, karantin qoidalariga rioya etgan holda qabullarni o‘tkazishga keng sharoitlar yaratilgani munosabati bilan shaxsiy va sayyor qabullarning sonini keskin ortgan.
Shahar va tumanlar hokimliklariga kelib tushayotgan murojaatlarni masalalar kesimida tahlil etilganda, asosiy mavzular uy-joy va yer maydonlari olish masalalarida 5 213 (46.1%) ta, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida 2 316 ta (12.8%), moddiy yordam 1 625 (9.5%) ta va bank-kredit 1 218 ta (7.2%) masalalarini tashkil etadi.
Prezident virtual qabulxonasi bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan 2021 yil 6 oyi davomida viloyat hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 12553 ta murojaatlar kelib tushib, murojaatlar soni  2020 yil 6 oyi (6228 ta)ga nisbatan 6325 taga yoki 51,4 % ga oshgan.
Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hokimliklar - Mingbuloq 56,4 % va Chortoq 36,2 % tumanlarini tashkil etadi.Murojaatlarning hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p murojaat yo‘llanayotgan hokimliklar - Namangan shahar (3 116 ta), Chust  (1 498 ta), Pop (1 297 ta)  va Uychi (982 ta) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  

TAKLIFLAR:


“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi belgilangan. Biroq, Prezident virtual qabulxonasidan kelayotgan ayrim murojaatlarda murojaat etuvchilar tomonidan qonunsiz talablar qo‘yish (“kir yuvish mashinasi olib berish”, “chet elda tahsil olayotgan farzandim uchun yirik miqdordagi kontrakt pulini to‘lab bering yoki homiy tashkilot biriktirib bering”, “boshlang‘ich to‘lovsiz namunali uy-joy olib bering” va h.k) yuqoridagi qonun talablariga muvofiq bo‘lmaganligi sababli, Prezident virtual qabulxonasi ishchi guruhi tomonidan ushbu turdagi murojaatlar kelib tushgan vaqtda qabul qilinmasligi, shu jarayonning o‘zidayoq yuqoridagi qonun talabi ko‘rsatilib, qabul qilmaslik va ijroga yo‘naltirmaslik taklifi bildiriladi.
Namangan viloyati hokimligi tomonidan topshiriqda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va samarali tashkil qilish tadbirlari amalga oshirib borilishi ta’minlanadi.


Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2021 yilning 6 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar to‘g‘risida tahliliy axborotni ko'chirib olish (PDF 302 kb)