Bola kulsa, dunyo kuladi. Uning beg‘ubor chehrasidagi tabassum, shirin qahqahasida hayotimiz, umrimizning ma’nosi bor. Viloyatimizning barcha hududlarida 1 iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan uyushtirilgan  bayram dasturlari Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida ham quloch yoydi. Karnay surnay sadolari-yu, doiraning sho‘x ohanglari jajji qalb sohiblarini tantanalar sayliga chorladi. Turli xil chiqishlar, tomoshalar, konsert dasturlari kichkintoylarga bir olam zavq-u shavq ulashmoqda.