Viloyatning barcha darajadagi rahbarlari mavjud  umumta’lim maktablari, akademik litsey, kollej hamda oliy o’quv yurtlariga bordilar. Xabar  qilganimizdek o’quv xonalarida xotira darslari bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov Namangan shahridagi  50 o’rta umumta’lim maktabida bo’ldi. Mazkur ilm dargohi kapital ta’mirlandi. Bunga qariyb 1 mlrd. 512 mln. so’mdan ortiq mablag’ sarflandi. Bu vazifani Husanboy Mamadaliev boshliq “Rovuston qurilish servis” MCHJ jamoasi bajardi. Natijada maktabning 1-sinfiga 140 o’quvchi  qabul qilinishiga imkoniyat yaratildi.

Namangan viloyati bo’yicha jami 54567 nafar bola ilk bor maktablarga borishdi.

Barcha maktablarda  bo’lgani kabi 50 maktabda ham xotira darslari namunali o’tkazildi.  “Bugun sizlar bilan “Mustaqillik darsi”ni o’tishimiz kerak edi. Lekin hammangizning xabaringiz bor, xalqimiz, Vatanimiz boshiga og’ir musibat tushdi. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov 2016 yilning  2 sentyabrь kuni vafot etdilar. Shu sababli mashg’ulotimiz nomini ulug’ rahabarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida ”Xotira darsi” deb atadik”, -  deyishdi sinf rahbarlari. Ular buyuk davlat arbobining hayoti va faoliyati to’g’risida chuqur tushunchalar berishdi.

Axborot xizmati