Namangan shahridagi “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida turli o’lchamdagi momiq sochiqlar, kattalar va bolalar uchun xalat va choyshablar ishlab chiqariladi.

40 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanayotgan korxonada 200 ishchi mehnat qilmoqda. Korxona hisobchisi Ahadxon Isoqovning aytishicha, joriy yilning 8 oyida korxona 3 million 745 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qildi.

Manba: www.uza.uz