Chop etish

Prezidentning 2018-yilning 21-noyabrdagi PQ-4024-son hamda 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qarorlariga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari joriy etilishini nazorat qilish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan respublika miqyosida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlanganlik holati monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.


Monitoringda davlat organlarida AKT sohasini rivojlantirishdagi tashkiliy masalalar (dasturlar, rasmiy saytlar, texnik tadbirlar, kadrlar tayyorgarligi va boshqa AKT tadbirlari), axborot tizimlari (joriy etilgan axborot tizimlari va resurslari, ma’lumotlar bazasi), axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar reytingli baholanadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib boriladi.

Reytingli baholash natijalariga ko‘ra, 2020-yil yakuni bilan Namangan viloyati hokimligi ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etib, respublika hududlari hokimiyat organlari o‘rtasida 1-o‘rin, barcha 116 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘rtasida esa 4-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 2020-yil 9 oyi  yakuni bilan Namangan viloyati hokimligi ko‘rsatkichi 87,8 foizni tashkil etib, respublika hududlari hokimlik  organlari o‘rtasida birinchi o‘ringa ega bo‘lgandi.