Chop etish

Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra Namangan viloyatida tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 18 760 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 273 taga yoki 29,5 % ga oshgan.



Shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 18 280 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 082 taga yoki 28,8 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 465 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119 taga yoki 34,4 % ga oshgan.