Chop etish

Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra,  2021-yil 1-fevral holatiga viloyat bo‘yicha 27 792  ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 552 tasi 2021-yilda yangi tashkil etilgan.


2021-yil 1-fevral holatiga viloyat bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni:
Savdo  – 9 205 ta
Sanoat  – 6 618 ta
Boshqa turlari  – 2 849 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik  – 2 538 ta
Qurilish  – 2 292 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar  – 1 362 ta
Tashish va saqlash  – 1 064 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish  – 540 ta
Axborot va aloqa  – 440 ta

Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyati bo‘yicha 2021-yil 1-fevral holatiga ro‘yxatdan o‘tgan  kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni 28 200 tani tashkil etmoqda.