Chop etish

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov boshchiligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Hozirga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Shuhrat Musayev viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuhrat Musayev 1973-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1996-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda viloyat «Istiqbolstat» bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.
 
2000—2017-yillarda viloyat «Iqtisodstat» bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, viloyat hokimligi referenti, bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.

U 2017 yildan shu kunga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Musayev viloyat hokimining 2021-yil 23-fevraldagi qarori bilan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.