Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning yanvar oyida, viloyat korxonalari tomonidan 794,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 104,9 % ni tashkil etdi.



Hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarish hajmi:
Namangan shahri – 276,8 mlrd. so‘m
Mingbuloq tumani – 15,7 mlrd. so‘m
Kosonsoy tumani – 20,1 mlrd. so‘m
Namangan tumani – 72,9 mlrd. so‘m
Norin tumani – 23,3 mlrd. so‘m
Pop tumani – 57,8 mlrd. so‘m
To‘raqo‘rg‘on tumani – 153,1 mlrd. so‘m
Uychi tumani – 43,0 mlrd. so‘m
Uchqo‘rg‘on tumani – 50,0 mlrd. so‘m
Chortoq tumani – 12,6 mlrd. so‘m
Chust tumani – 56,9 mlrd. so‘m
Yangiqo‘rg‘on tumani – 12,3 mlrd.  so‘mni tashkil etdi.