Chop etish

“Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha Pop tumani Chodak qishlog‘i namunasida hududdagi MFYlarda viloyat iqtisodiy idora vakillari tomonidan aholining mavjud muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.


 
Joriy yilning 27-fevral sanasida viloyat hokimining Chodak qishlog‘iga tashriflari davomida 129 nafar fuqarolarga 4 turdagi mahsulotlar (11 dona tikuv mashinasi, 6 dona qo‘y, 5 ta oilaga 50 dona parranda va 107 nafar fuqarolarga oziq ovqat mahsulotlari) beg‘araz yordam sifatida tarqatildi.
Shuningdek, 9 nafar fuqarolarni uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha, xonadonlarda bajariladigan ishlar quruvchilar tomonidan hisob-kitob qilinib, qurilish ishlari boshlandi.
30 nafar fuqarolar xonadonlariga subsidiya asosida 0.01 sotixli yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berilmoqda.



Ishchi guruh tomonidan olib borilgan xatlov natijalariga ko‘ra jami 487 ta 15,7 mlrd.so‘mlik kreditga bo‘lgan talablar aniqlandi. Tijorat banklari va ta’minotchi korxonalar tomonidan jami 171 nafar fuqaroga 2 455 mln.so‘mlik 1 102 turdagi mahsulotlar yetkazib berilib kredit hujjatlari rasmiylashtirilib berildi.
 
Chodak qishlog‘idagi “Kemping” dam olish maskanida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarkada, tumandagi 42 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 558 ta bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bilan qatnashdilar.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini o‘tab qaytgan, ish qidirayotgan migrantlar va band bo‘lmagan ishsiz fuqarolar jalb etildi.