Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining tegishli hukmi bilan fuqarolarga tegishli bo‘lgan qalbaki 20000 AQSh dollari tegishli tartibda yo‘q qilindi.
Ma’lumki, qalbaki pul mablag‘larini tayyorlash va uni muomalaga  kiritish og‘ir jinoyatlardan biridir. Biroq, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, hali hanuz ayrim fuqarolar o‘z manfaati va nafsi yo‘lida iqtisodiyotga ziyon ekanligi va buning oqibati qanchalik og‘ir bo‘lishini o‘ylamayaptilar.


2020 yilning 3 fevral  kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida soxta pulni muomalaga kiritish payida bo‘lgan fuqarolarni fosh etdilar. Aniqlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi N. M To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi
X. S bilan jinoiy qiymati 100 AQSh dollari bo‘lgan jami 200 dona qalbaki bank biletlarini 9000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Sud, mazkur jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har taraflama, sinchiklab o‘rganib, N.M va X.S lar O‘zbekiston Respublikasi JKning 223,176-moddalari bilan aybdor deb topib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Ish bo‘yicha daliliy ashyo tariqasida olingan qalbaki 20.000 AQSh dollarini tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan edi. Joriy yilning
3 mart kuni ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir tashkil etildi.
Komissiya tomonidan yo‘q qilishga doir hujjatlari atroflicha ko‘rildi. Shundan so‘ng maxsus pech yordamida qalbaki dollar yoqib yuborildi.  
                       

MIB Namangan viloyat boshqarmasi