Chop etish

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, tegishli tijorat banklari hamkorligida hududlarda «Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash» mavzusida o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.


 
Mazkur o‘quv kurslari orqali yoshlarga bir hafta mobaynida biznes g‘oya ishlab chiqish va uni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlari, xususan, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish, bank kreditlari olish va uni so‘ndirish, soliqlarni to‘lash tartib-qoidalari yuzasidan batafsil tushunchalar berib borilmoqda.

"Har bir tadbirkor-elga madadkor"  tashabbusi doirasida tashkil etilayotgan mazkur o‘quv kurslari bepul bo‘lib “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan yoshlar qamrab olinmoqda.
 

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratish bo‘yicha imkoniyatlar berib boriladi.

Hududlarda sektor rahbarlari tashkil etilayotgan o‘quv kurslariga taklif qilingan holda yoshlarga rahbarlar tomonidan o‘z taklif va tavsiyalarini bergan holda yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda hamda bu orqali ta’lim sifatini alohida nazorat qilib borishmoqda.