Chop etish

Farmonga binoan, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Ular orasida Namangan viloyati vakillari ham bor.



“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

Faridaxon Ahmedova    —    Namangan shahrida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Muqaddas Ziyavidinova —  mehnat faxriysi;

Zulayho Mahkamova —  To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Potima Mirsoliyeva —  Pop tumanidagi “Papfen” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tayyorlov sexi ustasi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:

Tohiraxon Mo‘ydinova —Prezidentning Kosonsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Fotimaxon Mirsaidova — Norin tumanidagi “Mir City” qo‘shma korxonasi rahbari.

“Shuhrat” medali bilan:

Sayyora Jo‘rayeva —  To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor;

Buxalima Tojiboyeva - Namangan shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi katta hamshirasi.

Mukofotlanganlarni tabriklaymiz!