Viloyatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan shahri hududida joylashgan “Dashtbog‘”, “Ozod” va “Obi” mahallalaridagi hamda To‘raqo‘rg‘on tumani “Kalvak” va “Kumidon” mahallalarida istiqomat qiluvchi “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida ro‘yxatda turgan har ikki tumanga 50 tadan jami 100 ta oilalarga 2 000 ta parrandalar 3 oylik ozuqa zaxirasi bilan birgalikda yetkazib berildi.


Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash ularning oilaviy daromadlarini ko‘paytirishga ko‘maklashish maqsadida “O‘zmilliybank” AJning homiylik mablag‘lari hisobidan har bir tumanga parranda va ularni ozuqalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlariga 48,0 mln.so‘m umumiy qiymati 96,0 mln.so‘m miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirildi.


Aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayrli ishlar davom ettirib boriladi.