Chop etish

Joriy yilning 6-aprel kuni  ijtimoiy tarmoqqa murojaat joylashtirilgan. Unda MIB Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari jiyanini ishga oldi, deya vaj ko‘rsatib o‘tilgan.  
Mazkur murojaat bo‘yicha MIB Namangan viloyat boshqarmasi quyidagilarni bildiradi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida" gi qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risida" gi Nizomga muvofiq Byuro organlarida xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘ligiga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimiga oliy yoki o‘rta-maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikka ega oliy ma’lumotga ega shaxslar ham qabul qilinadilar.  
Byuroga xizmatga qabul qilishda nomzodlarning yuqoridagi nizom talablariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tekshirish hamda maxsus komissiya tomonidan bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan majburiy suhbat o‘tkaziladi.  
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda Byuro organlarida xizmat qilish xohishi bo‘lgan fuqarolar tegishli hujjatlar taqdim etishlari va talablarga javob bergan taqdirda ularni bilim saviyasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash uchun tanlov komissiyasi tomonidan majburiy suhbat o‘tkaziladi.
Bundan tashqari,  xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan Byuro xodimlarining, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanishi qat’iy belgilangan.  
Yakunda shuni ta’kidlaymizki, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimga tayinlangandan hozirgi qadar uning yaqin qarindoshlari xizmatga qabul qilinmagan.  
                                                        

MIB Namangan viloyat boshqarmasi