Chop etish

Viloyat prokurori J.Xatamov Davlatobod tumanida aholini turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazdi.

Sayyor qabulda uy-joy bilan ta’minlash, 2 yoshgacha nafaqa puli tayinlanishida, uy-joyni ta’mirlash, ishga joylashtirish, kredit ajratish, zamonaviy ob’ekt qurish hamda shu kabi boshqa masalalar yuzasidan jami 12 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan uchrashuv davomida ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash sektorlar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat prokurori J.Xatamov Davlatobod tumani sektor rahbarlari bilan birgalikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz va ehtiyojmand oilalarda yashovchi 20 nafar yoshlar bilan suhbatlashib ularni muammolari hal etildi.

Namangan viloyati prokuraturasi