Chop etish

Joriy yilning 8- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov ushbu qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" nizom, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berdi.

Matbuot anjumani davomida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashildi.

Shuningdek, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov tomonidan atroflicha javob berildi.

Viloyat statistika boshqarmasi