Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan Prezidentimizning 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida keng jamoatchilik va aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish bois fuqaro fuqaro Pozilov Tursunboy farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi.
Bo‘lim ish yurituvida Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor Pozilov Tursunboydan undiruvchi Tursunova Umida foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Fuqaroga amaldagi qonunchilikda farzandi voyaga yetgunga qadar aliment mablag‘larini to‘lashi yoki mol-mulk hadya qilish mumkinligi tushuntirildi. Mas’uliyat va majburiyatni his etgan ota u bir yo‘la voyaga yetgunga qadar 4300 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.                            
                        

Rahimjon Ismatullayev,

MIB Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari