Piyodalarga qulaylik yaratish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish, yoʻl infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yoʻllar sifatini oshirish, shuningdek, yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida eng serqatnov koʻchalar sarasiga kiradigan Davlatobod tumani hududidagi “Qoʻqumboy” shoh koʻchasida yoʻl qurilish ishlari ketmoqda.

Mazkur ishlar doirasida belgilangan yoʻl qismlari qaytadan sifatli asfalt qilindi. Yoʻlning dizayniga alohida eʼtibor qaratildi. Asosiy yoʻl yangilanib, piyodalar yoʻlaklari ham qayta ishlov berilib oʻzgartirildi.


Ushbu hududda piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan fuqarolarni nazorat qiluvchi videokameralar oʻrnatilgan. Bu piyodalar xavfsizligini taʼminlash bilan birga yoʻl harakati qoidabuzarliklarining oldini oladi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati