Chop etish

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar va tumanlar boʻlimi tomonidan joriy yilning 1-apreliga qadar jami 354 ta hujjatlar ijrosini taʼminlash davomida dori, oziq-ovqat, pirotexnika vositalari va alkogol, tamaki mahsulotlari tegishli tartibda yoʻq qilingan. Birgina, Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituvidagi 157 ta ijro hujjati boʻyicha salkam 562 mln. soʻmlik mahsulotlar Ishchi guruh tomonidan yoqib yuborildi.


Masalan, fuqarolar R. I va M.A. lar 2021-yilning 23-aprel kuni boshqaruvdagi “Matiz” rusumli transport vositasini Uchoʻrgʻon-Uychi yoʻnalishida harakatlanayotganda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan toʻxtatiladi. Transport saloni tegishli tartibda tekshirilganda 1 ta polietilen qopda dori vositalari borligi aniqlanadi. Maʼlum boʻlishicha, ikki shaxs xufyona til biriktirib, 830 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvdi “Tropikamid” dori vositasini noqonuniy ravishda tergovda aniqlash imkoni boʻlmagan “D” ismli fuqaroga sotishni rejalashtirishgan. Ammo, savdo oxiriga yetmaydi va ularning noqonuniy faoliyatiga nuqta qoʻyiladi.
Yana bir fuqaro N.O ham 2021-yilning 19-noyabr kuni oʻziga notanish shaxsni taklifiga binoan bojxona nazoratidan yashirib olib kelingan 1968 dona “Taylol xot” dori vositasini boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinaga yuklab, olib ketayotganda qilmishi fosh boʻlgan.
Har ikki holat yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda sud jarayonlarida ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalari tibbiy amaliyotda qoʻllash taʼqiqlangani aniqlangan.
Sud hukmi bilan dori vositalarini majburiy tartibda yoʻq qilish belgilangan. Byuroning Namangan shahar boʻlimi, tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Namangan dori darmon” AJ da saqlanayotgan dori vositalari mufil pechda tegishli tartibda yoʻq qilindi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Nodirjon Roʻziyev,
Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi
shaxsiy xavfsizlik shoʻbasi katta inspektori