Chop etish

Telegram tarmogʻidagi MibuzBot kanali orqali aliment undiruvlari bilan bogʻliq ishlar boʻyicha qarzdor va undiruvchilar hamda Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari oʻrtasida onlayn tezkor aloqa xizmati yaratildi.

Endilikda siz istalgan vaqtda va joyda boʻla turib, nomingizda aliment bilan bogʻliq ijro hujjati mavjud yoki yoʻqligi, shuningdek, mavjud ijro hujjati yuzasidan maʼlumot olish imkoniyatiga egasiz.

Siz buning uchun, Telegram tarmogʻi orqali elektron pochta belgisi MibuzBot kanalidan foydalanishingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi? Siz avvalo ushbu bot kanalga kirib, start tugmasini bosasiz ekranda keltirilgan xizmatlardan birini tanlaysiz.

Ijro hujjatlari boʻlimi orqali siz oʻzingizga tegishli boʻlgan aliment va boshqa ijro hujjatlari yuzasidan maʼlumot olishingiz mumkin.

Aniqroq aytganda Sizning ijro ish raqamingiz, uni yuborgan organ, Byuroga kelib tushgan sana hamda ijro hujjati mazmuni, shuningdek, qarzdorlik summasi va davlat ijrochisi haqida maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Agar nomingizda aliment undiruvlaridan boshqa ijro hujjatlari mavjud boʻlsa, ular ham ekranda darhol paydo boʻladi va siz istasangiz shu joyning oʻzidan toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ham egasiz.

Shuningdek, aliment boʻyicha tezkor aloqa boʻlimi orqali siz davlat ijrochisiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz ijro ishingiz yuzasidan savol yoʻllashingiz mumkin.

Hurmatli fuqarolar, endilikda Byuroning tuman-shahar boʻlimlari vaqt sarflab bormasdan, davlat ijrochisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani yoʻlga qoʻying hamda tezkorlikda savollaringizga javob olishingiz mumkin!

Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyat boshqarmasi