Chop etish

9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Namangan viloyatida yashovchi faxriylar holidan xabar olindi.

Yangi Namangan tumanida istiqomat qiluvchi Galina Bolochenkovaning navnihol yoshligi qonli jang yillariga toʻgʻri keldi. U urush yillaridagi ocharchiligu suronli kunlar va oʻtmishning mashaqqatlarini eslab, bugungi farovon turmushga shukronalik keltiradi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari, viloyat Mudofaa boshqarmasi, tuman mutasaddilari va jamoatchilik vakillari onaxon xonadonida boʻldilar.

Viloyat rahbari Galina Bolochenkovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabrigini oʻqib eshittirdi va sovgʻalarini topshirdi.

Joylarda oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlarda keksalarimizning bosib oʻtgan yoʻli, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat ekanligi, xalqimiz hech bir ishni keksalar duolarisiz boshlamasligi bejizga emasligi hayotiy misollar orqali ochib berildi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati