Chop etish

Fuqarolarning barcha sohalardagi muammolarini yaqindan oʻrganish va ularga yechim topish maqsadida oʻtkazilayotgan ommaviy qabul bugun Chust tumanidagi Bibi Naima ona ziyoratgohida ham oʻtkazildi.

Bu ochiq muloqot shaklidagi ommaviy sayyor qabul Prezident maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov rahbarligida oʻtdi. Unda Prezident maslahatchisining oʻrinbosarlari, shu jumladan, 44 ta vazirlik va idoralar, sektorlar, hududiy boshqarma, tashkilot hamda muassasalar mutasaddilari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda Chust, Toʻraqoʻrgʻon, Mingbuloq, Kosonsoy va Pop tumanlaridan kelgan aholi vakillarining murojaatlari joyida oʻrganilib, ijobiy yechimi taʼminlandi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati