Yigʻilishda viloyat hokimining oʻrinbosarlari, kotibiyat mudirlari, ijro intizomiga masʼullar va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini viloyatda ijro etilishi yuzasidan boʻlib oʻtgan yigʻilishda, Respublikamizdagi barcha sohalarda hujjatlar loyihalari bilan ishlashda ularda koʻtarilgan muammolarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashish va hujjat bilan ishlash madaniyatining yuqori darajasini namoyon qilish, har bir rahbar va xodimning burchi hamda vazifasi ekanligi borasida soʻz bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari Toʻlqin Abdusattarov, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Sabirov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Muhammadislom Eranov maʼruza va hisobotlari tinglandi.

Boʻlib oʻtgan yigʻilishda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar boʻyicha tegishli guruh va kotibiyatlar bartaraf etib, kelgusida bunday xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Voloyat hokimligi Axborot xizmati