Yaqindagina Braziliyada bo’lib o’tgan XI yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etgan Murodjon Ahmadaliev bronza medalini qo’lga kiritib nafaqat respublikamizni, balki, butun viloyatimiz ahlini g’oyat shod etgandi. Mamlakatimizning g’ururiga aylangan yana bir sportchimiz Nozimaxon Qayumova Braziliyada start olgan XV-Paralimpiya o’yinlarida butun dunyoni hayratda qoldirib oltin medalni egasiga aylandi va jahon rekordini o’rnatdi. Albatta, bu g’alaba barcha yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch va faxr tuyg’ularini baxsh etdi.

Namangan shahridagi “Yoshlar markazida”  bo’lib o’tgan chempion Nozima Qayumova va uning ota-onasini kutib olish marosimi  tantanavor tus oldi. Dilga yaqin karnay - surnay navolari har bir insonni g’alaba sari chorlayotgandek edi. Olimpiya g’olibi sharafiga o’tkazilgan tadbirda viloyat hokimining o’rinbosarlari T.Dadabaev, X.Yusupovalar hamda viloyat Madaniyat va sport boshqarmasi boshlig’i Rasuljon Nizomboev, viloyatdagi sport federatsiyasi rahbarlari, sportchilar  va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Marosimda viloyat hokimining o’rinbosari To’lqin Dadabaev so’zga chiqib, barchani ushbu tarixiy g’alaba bilan tabrikladi va Nozima Qayumovaning ko’rsatgan ulug’ natijasi viloyatimizga ilk Olimpia oltin medalini taqdim etganligini alohida ta’kidlab, bunday o’g’il-qizlar chin ma’noda yurtning, millatning g’urur iftixori ekanligiga urg’u berdi. Shu o’rinda To’lqin Dadabaev Bu kabi iste’dod sohiblarini kashf etilishi O’zbekistonimizning birinchi Prezidenti, davlatimiz asoschisi Islom Karimovning fidokorona mehnatlari, olib borgan oqilona siyosatlarini mevasi ekanligini yuksak ehtirom bilan qayd etdi.

Chindanda, 4 yillikning  nufuzli musobaqasi bo’lgan Olimpiada o’yinlarida yurtimiz sportchilari o’z matonat va irodalarini namoish etib, vatandoshlarimizga cheksiz mamnunlik tuhfa qilishdi. Ularning orasida namanganlik Nozimaxon Qayumovaning borligi esa barchamizga faxrlanish tuyg’ularini ulashdi.  Tadbirda qahramonimizga viloyat hokimligining ikki xonalik uyi sovg’a sifatida topshrildi.

Axborot xizmati