Majburiy ijro byurosi Kosonsoy tuman boʻlimi binosida boʻlib oʻtgan sayyor sud davomida 5 nafar qarzdorga aliment toʻlashdan boʻyin tovlagani uchun turli muddatlarga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining qaroriga koʻra qarzdor M. X dan undiruvchi M. Sh foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Kosonsoy tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va harakatlar olib borilgan. Yaʼni, qarzdor farzandi moddiy taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab borishligi tushuntirilgan. Biroq, masʼuliyatni unutgan ota bunga panja orasidan qarab toʻlamay keladi. Natijada qarzdorlik 32.420.078 soʻmga yetadi. Bu boʻyicha toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Kosonsoy tuman sudiga yuboriladi. Oʻtkazilgan sayyor sud davomida taraflarning fikrlari eshitilib, yakuniy qaror eʼlon qilindi. Qarzdor otaga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq belgilandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi